Vazir rahbarligida Namanganda sport sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri rahbarligida Namangan viloyatida jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sogʻligʻini mustahkamlashga koʻmaklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari boʻyicha yuqori natijalarni taʼminlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda viloyat sport taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, milliy terma jamoalarni saralash, shakllantirish va hududlarni sportga ixtisoslashtirish, tashkilotlardagi kadrlar salohiyati va ular bilan ishlash, sport taʼlim muassasalarini ilmiy-metodik taʼminlash yoʻnalishlari boʻyicha yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokama etildi.

Bu borada Uchqoʻrgʻon, Namangan, Pop, Chust, Toʻraqoʻrgʻon, Mingbuloq, Kosonsoy, Chortoq tumanlarida masʼullar tomonidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tuman, shahar jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari va sport taʼlim muassasalari jamoalariga kadrlar tayyorlash yoʻnalishi, ijro intizomi, ish yuritish holati boʻyicha amaliy yordamlar, oʻquv-seminarlari tashkil etmaganligi, joyiga chiqib mavjud holatlar oʻrganilmaganligi tanqid ostiga olinib, bu kabi kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida zaruriy choralarni koʻrish boʻyicha vazifalar belgilab berildi.

Yigʻilish yakunida mehnat faoliyati davomida alohida oʻrnak koʻrsatgan, tashabbuskor rahbar kadrlardan Namangan viloyat futbol mahorat maktabi direktori Gʻanisher Ismoilov, Norin tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori Islomjon Rahmonov va Namangan shahar 1-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori Ella Vishnyakova “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
10.07.2020 | 16:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169