Oʻsmirlar terma jamoamiz Osiyo chempionatiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda

Bahrayn davlati mezbonlik qiladigan oʻsmirlar oʻrtasidagi U-16 Osiyo chempionatida ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi ayni kunlarda “Chigʻatoy” bazasida oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazmoqda. Olimjon Shokirov shogirdlarining navbatdagi mashgʻulotlar jarayonini Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ham kuzatib bordi.

Mashgʻulotlar yakuniga yetgach R.Ermatov oʻsmirlar terma jamoasiga yaratib berilayotgan sharoitlar, vitaminizatsiya masalalari, futbolchilarning jismoniy holati hamda kayfiyati bilan yaqindan tanishdi.

Oʻsmirlar terma jamoasi aʼzolari bilan oʻzaro suhbat chogʻida Ravshan Sayfiddinovich ularga qitʼa birinchiligida munosib tarzda ishtirok etib, jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritish yoʻlida bor kuch-imkoniyatlarini ishga solish, murabbiylar koʻrsatmalariga toʻliq rioya etish, doim maqsad sari intilishi kerakligini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston U-16 oʻsmirlar terma jamoasi Osiyo chempionatining “S” guruhida Janubiy Koreya, Avstraliya va hindistonlik tengqurlari bilan bir guruhdan joy olgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
10.07.2020 | 16:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169