Bayramingiz bilan, aziz jurnalistlar!

Kuni kecha davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yoʻlladilar. Unda shunday jumlalar bor: “Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli oʻzgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va kamchiliklarga davlat idoralari va jamoatchilik eʼtiborini qaratayotganini alohida qayd etish lozim”.

Darhaqiqat, bugun barcha jabhalarda boʻlgani kabi sport sohasida ham qoʻlga kiritayotgan yutuqlarimiz bilan bir qatorda mavjud muammo va kamchiliklarni ochib berishda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, qolaversa tilimizga kirib kelganiga koʻp boʻlmagan boʻlsada omma orasida ancha ommalashgan jurnalistikaning yangi bir yoʻnalishi boʻlmish blogerlarning ham hissasi beqiyos. Zotan sizlar koʻtarib chiqayotgan muammo va kamchiliklarning bartaraf etilishi natijasida avvalo xalqimizning salomatligi tobora mustahkamlanmoqda. Qolaversa buning ortidan oʻsha hududdan yangi chempionlar, yangi isteʼdodlar yetishib chiqmoqdaki, ular yaqin kelajakda Osiyo va jahon maydonlarida ham vatanimiz bayrogʻini yuqori koʻtarishlariga shubha yoʻq.

Fursatdan foydalanib, Siz aziz jurnalistlar, matbaa va nashriyot, televideniye va radio sohasi jonkuyarlari, internet jurnalistikasi vakillarini 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman.

Hamisha mamlakatimiz sportchilari xalqaro maydonlarda erishib kelayotgan yorqin gʻalabalarini xalqqa yetkazishdan aslo tolmang!

Yana bir bora kasb bayramingiz muborak boʻlsin!

Jismoniy tarbiya va sport vaziri

Dilmurod Hamidullayevich Nabiyev

Saytning oxirgi yangilanishi:
10.07.2020 | 16:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169