“Yashil” hududlarda “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 1-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra hududlarda sport mashgʻulotlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 645-sonli buyrugʻiga binoan, mamlakatimizning “yashil” hududlarida sport seksiyalari, toʻgaraklari, sport zallari va fitnes-klublar faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

Shu munosabat bilan mamlakatimizdagi ruxsat etilgan hududlarda sport maktablari oʻquvchilari mashgʻulotlarni boshlab yubordi. Karantin qoidalariga amal qilgan holda tashkil etilayotgan mashgʻulotlar sportchi oʻquvchilar uchun ayni muddao boʻlmoqda.

Shuningdek, nuroniylar boshchiligida tashkil etilgan “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostidagi piyoda yurish marafoni aksiyasi davom etmoqda. Bugun ham mamlakatimizning turli hududlarida mazkur aksiya boʻlib oʻtdi. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” piyoda yurish marafoni oʻziga xos tarzda oʻtdi.

Xorazm viloyatida boshlangan mazkur tadbir ertalabki badantarbiya mashgʻuloti bilan boshlandi. Qadimiy shaharning meʼmorchilik yodgorligi – “Ota darvoza” oldida tashkil etilgan badantarbiya mashqlarini bajarishda sport faxriylari faollik koʻrsatishdi soʻngra, tadbir ishtirokchilari birgalikda “Ochiq osmon ostidagi muzey-shahar” taʼrifini olgan Xivaning «Ichan qalʼa» davlat muzey qoʻriqxonasi boʻylab belgilangan masofani bayramona koʻtarinkilik va xush kayfiyatda bosib oʻtishdi.

Qoraqalpogʻistonda ham mazkur aksiya doirasida oʻtkazilgan yurish marafoni Bozatau tumanida yangidan qad rostlagan oʻyingohida boʻlib tashkil qilindi. Marafon futbol musobaqasiga ulanib ketdi. Nuroniylarimiz bu orqali piyoda yurishning foydali ekanini hamda jismoniy tarbiya va sport bilan hamnafas ekanliklarini isbotlashdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
10.07.2020 | 16:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169