“Yashil” hududlarga sport qaytmoqda: “Mahallada futbol”, “Futbolimiz kelajagi”, “Rahbar kubogi” hamda “Hokim kubogi” futbol musobaqalari tashkil etiladi

Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrugʻiga muvofiq shu yil 20-iyuldan boshlab mamlakatimizning “yashil” hududlarida sport musobaqalari boshlanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari respublikamizning “yashil” hududlarida hududiy futbol assotsiatsiyasi, hokimliklar, sogʻliqni saqlash va ichki ishlar boʻlimlari bilan kelishgan holda mahalla yoshlari oʻrtasida futbol boʻyicha “Mahallada futbol”, “Futbolimiz kelajagi” sport musobaqalarini tashkil etishlari mumkin.

Mini-futbol boʻyicha “Futbolimiz kelajagi” musobaqasida yurtimiz mahallalarida istiqomat qiluvchi 9-12 yoshli bolalar toʻrtta yosh toifasida (9, 10, 11 va 12) gʻoliblik uchun bahs olib borsa, 13-14 yoshli oʻsmirlar esa “Mahallada futbol” musobaqasida oʻz omadlarini sinab koʻrishadi. Bunda musobaqalar ikkita yosh toifasida oʻtkaziladi. Har ikkala musobaqa uch bosqichda tashkil etiladi.

Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirldigi tashabbusi bilan vazirlik, idora va tashkilotlarning markaziy apparat, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari xodimlari oʻrtasida futbol boʻyicha “Rahbar kubogi”, hududiy davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari oʻrtasida futbol boʻyicha “Hokim kubogi” sport musobaqalari ham oʻtkaziladi.

Mazkur sport tadbirlari yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish, ular orasidan iqtidorli yoshlarni, chekka hududlardagi yoshlarga oʻz iqtidorini namoyon etishlariga koʻmak berish maqsadida tashkil etilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
10.07.2020 | 16:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169