Ravshan Ermatov Oʻzbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi mashgʻulotlarini kuzatdi

Shu yilning oktyabr oyida Oʻzbekistonda futbol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi U-19 Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Ushbu nufuzli musobaqada vatanimiz sharafini Timur Kopadze boshchiligidagi U-19 yoshlar terma jamoasi himoya qiladi. Osiyo chempionatida munosib ishtirok etishni maqsad qilgan yoshlarimiz qisqa tanaffusdan soʻng ikkinchi bosqich tayyorgarlik mashgʻulotlariga kirishdi.

Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti stadionida olib borilayotgan oʻquv-mashgʻulot jarayonlarini kecha Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ham kuzatib bordi.

Shuningdek, Ravshan Sayfutdinovich futbolchilarning jismoniy holati, kayfiyati hamda ularga yaratib berilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Mashgʻulotlar yakunida OʻFA birinchi vitse-prezidenti oʻzining futbol tajribalari va koʻnikmalarini yosh futbolchilar bilan oʻrtoqlashdi hamda ularga boʻlajak Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Jahon chempionati yoʻllanmasi hamda qitʼa chempionligini qoʻlga kiritishlarida omad tiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston U-19 yoshlar terma jamoamiz Osiyo chempionatining guruh bosqichida Eron, Indoneziya va kambodjalik tengqurlariga qarshi maydonga tushadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
10.07.2020 | 16:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169