Futbol hakamlari va murabbiylar tayyorlashga e’tibor kuchaytirilmoqda

Ortda qolgan mavsum futbolimizdagi bir qator “og‘riqli nuqtalar”ni yaqqol ko‘rsatib berdi. Yetakchi hakamlarimiz dunyo reytingida peshqadamligi bilan faxrlanamiz. Lekin bir nechta uchrashuvda aynan hakamlarning xatolari muxlislarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘ldi. O‘z navbatida, yangi iste’dodlarni saralash va ularni mahorat cho‘qqisi tomon olib chiqishni uddalaydigan trenerlarga ehtiyoj mavjudligini tan olish darkor.

Futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlarni tayyorlash respublika maktabi rahbari Abdulla Ochilov va maktab mutaxassislari bilan muloqotda ularning zimmasidagi vazifalar, amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr-mulohaza almashdik.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 18 avgustdagi “Futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabi faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 176-son Qaroriga muvofiq, Futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlarni tayyorlash respublika maktabi (FBTSHTRM) tashkil etilgan.
FBTHTRM faoliyatining asosiy maqsadi:
- futbol bo‘yicha trenerlar, katta va bosh trenerlar, shuningdek futbol bo‘yicha hakamlarning kasbiy bilim va malakalarini chuqurlashtirish va yangilash;
- futbol bo‘yicha trenerlar malakalarini oshirish;
- futbol bo‘yicha hakamlar malakalarini oshirish;
- O‘zbekiston terma jamoalari, regional futbol federatsiyalari, professional futbol jamoalari, professional futbol jamoalari qoshidagi futbol bo‘yicha maktab-internatlar, futbol bo‘yicha bolalar-o‘smirlar sport maktablari (akademiyalari) va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali hakamlarga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘liq qondirish;
- futbol bo‘yicha respublika ichidagi va xalqaro musobaqalarda yuqori sifatli professional hakamlikni ta’minlashga ko‘maklashish;
- futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakalarini oshirishga tegishli davlat talablarini va xalqaro tashkilotlar standartlarini amalga tatbiq qilish.
FBTHTRM unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish bo‘yicha Davlat talablariga muvofiq ta’lim jarayonlarini tashkil qilish;
- ta’lim jarayoni va dasturlari mazmunini sifatli ta’lim jarayonini tashkil qilish bo‘yicha ilg‘or milliy va xorijiy metodikalarga va ilmiy yutuqlarga muvofiq muntazam ravishda yangilab borish;
- futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish bo‘yicha Konsepsiyani va kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dasturni amalga tatbiq qilish;
- qo‘shimcha bilim va malakalar o‘zlashtirish va ularni yanada boyi­tish bo‘yicha ehtiyojlarni shakl­lantirish;
- o‘z professional faoliyatiga ijodiy yondashish ehtiyojlarini rivojlantirish;
- boshqa ta’lim va sport muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmini takomillashtirish;
- futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish sifatini yanada yaxshilash maqsadida o‘quv-tarbiya va metodik ishlarni takomillashtirish;
- barcha tinlovchilarga o‘quv kurslari materiallarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish uchun teng imkoniyatlar taqdim qilish;
- futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlarni qayta tayyorlash va malakalarini oshirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish;
- O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Futbol federatsiyasi bilan hamkorlikda FBTHTRM moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- ehtiyojni o‘rganish va shunga muvofiq kerakli o‘quv kurslarini tashkil qilish va o‘tkazish;
- milliy va xalqaro amaliyot, fan va texnologiyalar yutuqlari asosida FBTHTRM ilmiy-metodik hujjatlari, reglamentlari, texnologiyalari va boshqa mahalliy hujjatlarini ishlab chiqish, ularni muvofiqlashtirish va tasdiqlangandan so‘ng ta’lim jarayoniga tatbiq qilish.
FBTHTRM faoliyatini amalga oshirishdagi talablar va shart-sharoitlar quyidagilardan iborat:
- futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakalarini oshirishga tegishli Davlat talablariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga tatbiq qilish;
Hozirgi kunda O‘zbekiston Res­publikasi xududida 1360 nafar futbol murabbiylari faoliyati olib bormoqda, ulardan 712 nafari oliy ma’lumotga, 648 nafari esa o‘rta-maxsus malumotga ega.
712 nafar oliy malumotga ega murabbiylardan 210 tasi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining futbol kafedrasini, 473 nafari jismoniy tarbiya fakulteti mavjud bo‘lgan boshqa oliy talim muassasalarini tamomlagan, 16 nafari boshqa mutaxassislikka ega murabbiylar, 12 nafari MDHdagi oliy talim muassasalarini tamomlagan.
16 nafar murabbiy “A” litsenziyasiga, 34 nafari “V” litsenziyasiga, 648 nafari “S” va 2 nafari “PRO” litsenziyasiga egalar.
Jami 652 nafar murabbiy hech qanday litsenziyaga ega emas.
Hozirgi kungacha bo‘lgan malumotlar statistikasiga nazar tashlasak,
2014 yil mobaynida 27 ta 5 kunlik qayta tayyorlash kurslari, 14 ta “S” litsenziyasi, 2 ta “Level-1” (futzal) va 1 ta “A” guruhidan iborat Respublika miqyosida litsenziyalash kurslari bo‘lib o‘tgan va 16 nafar futbol hakami 3 oyliq o‘quv kurslarini tamomlagan.
2015 yil mobaynida 17 ta 5 kunlik qayta tayyorlash kurslari, 11 ta “S”, 2 ta “V”, 3 ta “Level-1”, 1 ta “Level-2” guruxlaridan iborat (futzal) Respublika miqyosida litsenziyalash kurslari bo‘lib o‘tgan va 20 nafar futbol hakami 3 oylik o‘quv kurslarini tamomlagan.
2016 yil mobaynida 15 ta 5 kunlik qayta tayyorlash, 8 ta “S”, 1 ta “V”, 1 ta “A”, 6 ta “Level-1”, 1 ta “Level-2” guruhlaridan iborat (futzal) Respublika miqyosida litsenziyalash o‘quv kurslari o‘tkazilgan va 20 nafar futbol hakami 3 oylik o‘quv kurslarini tamomlagan.
2017 yil mobaynida hozirgi vaqtgacha 5 ta 5 kunlik qayta tayyorlash kurslari, 4 ta 7 kunlik qayta tayyorlash, 4 ta “S”, 1 ta “V”, 6 ta “Level-1” guruhlaridan iborat (futzal) Respublika miqyosida litsenziyalash kurslari o‘tkazildi va hozirda “BUNYoDKOR” akademiyasida 3 oylik futbol hakamlari o‘quv kurslari bo‘lib o‘tmoqda, ularga katta tajribaga ega mutaxassis o‘qituvchi Aleksandr Vladimirovich Popov va boshqa bir qancha fahriy hakamlar va nazoratchilar o‘z bilim va tajribalarini yosh futbol hakamlariga ulashmoqda, shu qatorda Toshkent viloyatida murabbiylik faoliyatini olib borayotgan futbol murabbiylari ham “BUNYoDKOR” akademiyasida tajribali instruktorlardan 7 kunlik qayta tayyorlash o‘quv kurslarida kerakli bilimlarga ega bo‘lmoqdalar.
FBTHTRMaktabining kelajakdagi rejalari:
FBTHTRM Dasturi dastlabki variantda trenerlarning ishdan ajralgan holda yarim yil mobaynida o‘qishini nazarda tutgan. Tinglovchi turar-joy (boshqa shaharlik bo‘lsa), yo‘l kira va ovqatlanish uchun o‘z cho‘ntagidan to‘lagan holda har kuni nazariy va amaliy mashg‘ulotlarga borishi kerak edi. Moddiy jihatdan bu hozirgi vaqtda ko‘plab trenerlar uchun qiyinchilik tug‘diradi. Shu tufayli boshqa mamlakatlardagi tayyorgarlik tajribasidan foydalanib, trener kadrlarni o‘qitish dasturi va shaklini o‘zgartirish takliflari kiritilmoqda.
FBTHTRM tinglovchilari sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
- trenerlik bo‘limiga 6 oy o‘qish (15 kundan 4 ta blok) muddati bilan – milliy chempionatlarda, shuning­dek milliy terma jamoalarida qatnashish tajribasiga, taalluqli trenerlik stajiga, Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ning “S” xalqaro trenerlik litsenziyasiga ega, eng kamida o‘rta maxsus ma’lumotli O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy davlatlar fuqarolari;
- hakamlik bo‘limiga 3 oy o‘qish muddati bilan – futbol bo‘yicha musobaqalarda hakamlik tajribasiga, FIFA tavsiyalariga javob beradigan antropometrik ma’lumotlarga ega O‘zbekiston Respublikasining 35 yoshdan oshmagan fuqarolari va xorijiy davlatlar fuqarolari.
- FBTHTRM O‘zbekiston Respub­likasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi, professional klublar hamda boshqa tashkilotlar (muassasalar) va korxonalarning arizalari bo‘yicha FBTHTRM ting­lovchisi bo‘lishga da’vogarlar kerakli sonini to‘ldiradi. Da’vogarlar hujjatlarini qabul qilishni amalga oshiradi, FBTHTRM me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan tartibda kirish tadbirlarini va tanlov asosida saralab olishni o‘tkazadi;
- FBTHTRM tinglovchisi bo‘lishga da’vogarlarning kerakli soni to‘ldirilgandan so‘ng, FBTHTRM amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda futbol bo‘yicha trenerlar, katta va bosh trenerlar hamda hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish bo‘yicha pullik xizmatlar ko‘rsatish uchun xo‘jalik shartnomalarini tuzadi. Amaldagi qonun hujjatlari va tuzilgan shartnoma bilan belgilangan tartibda shartnoma bo‘yicha o‘qish haqi to‘langandan so‘ng, FBTHTRM tinglovchisi bo‘lishga da’vogarlarning qabul qilinishi amalga oshiriladi. Bunda FBTHTRM tinglovchisi bo‘lishga da’vogarni yuborgan yuridik shaxs ham, FBTHTRM tinglovchisi bo‘lishga da’vogarning bevosita o‘zi ham shartnoma bo‘yicha buyurtmachi (to‘lovchi) bo‘lishi mumkin.
FBTHTRM yangilangan dasturida trenerlar o‘qishi quyidagi shaklda tashkil qilinishi nazarda tutiladi:
- trenerlar bo‘linmasida 6 oy mobaynida, soatlar miqdori – 480 soat, 4 ta sessiya (15 kundan);
- hakamlar bo‘linmasida – 3 oy, 565 soat;
- futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlar malakasini oshirish kurslarida – 7 kun, 56 soat.
O‘quv kurslari davomida imkoniyatdan kelib chiqqan holda chet ellik mutaxassislar taklif qilinadi va ular bilan o‘zaro tajriba almashish ham rejalashtirilmoqda.
Maktab faoliyati o‘zbek futbolini yangi yanada yuqori bosqichga olib chiqishga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonamiz.

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.10.2019 | 15:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169