Ishchi guruh Chust tumanidagi BOʻSM holatini koʻzdan kechirdi

Soʻngi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sportchilar mashgʻulotlarni olib borishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taʼminlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, xabaringiz bor ayni kunlarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhi Namangan viloyatida boʻlib turibdi. Ishchi guruh vakillari Pop va Chust tumanlarida joylashgan Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining moddiy-texnik bazasi holati, sportchilarga yaratib berilgan sharoitlar shuningdek, ijro intizomi qay tarzda olib borilayotganligini oʻrgandi.

Hozirgi kunda sport maktabida 15 ta sport turi boʻyicha 1738 nafar sportchi-oʻquvchilar muntazam sport bilan shugʻullanib kelmoqda. Shundan 538 nafarini qizlar tashkil etadi. Sport maktabida 75 nafar trener faoliyat olib borayotgan boʻlsa, (35 nafari oliy maʼlumotli) shundan 21 nafarini ayol murabbiylar tashkil etadi. Mazkur sport maktabi boks, taekvondo WTF hamda stol tennisi sport turlariga ixtisoslashgan. Shu kunga kelib 17 nafar sportchi terma jamoa aʼzosi hisoblanadi.

Taʼkidlash joiz soʻngi yillarda Chust tumanida sportga katta eʼtibor qaratilmoqda. Tumandagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabidan bir nechta Xalqaro musobaqalar gʻolib va sovrindorlari yetishib chiqqan. Misol uchun boks boʻyicha Braziliyaning Rio-do-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarining bronza medali, 2015-yili Doxada oʻtkazilgan jahon chempionati kumush medali hamda 2015-2017-yillari oʻtkazilgan Osiyo chempionatida kumush va oltin medallari sohibi shuningdek, WBA va IBF kamarlari egasi Murodjon Ahmadaliyev ham mazkur sport maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhining Namangandagi faoliyati davom etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
10.07.2020 | 16:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169