Қашқадарёда “Олимпия куни” муносабати билан спорт мусобақалари бўлиб ўтди

Bugun “Olimpiya kuni” munosabati bilan Qashqadaryodagi sport maktablari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazildi.

Jumladan, Qarshi shahrida joylashgan markaziy tennis kortida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan yoshlar oʻrtasida tennis musobaqasi shuningdek, Qashqadaryo viloyati sport oʻyinlari va yengil atletika sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabida ham bir qancha sport turlari boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi.

Qizgʻin va murosasiz bahslarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sportchilar viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Taʼkidlash joiz, oʻtkazilgan barcha sport musobaqalari viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi hamda viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi nazorati ostida, karantin qoidalariga amal qilgan holda oʻtkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
10.07.2020 | 16:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169