Mukofotlar muborak

Har yili Konstitutsiya kuni arafasida Vatan taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilib, turli unvonlar, orden va medallarga sazovor bo‘lgan hamyurtlarimizga mukofotlarni tantanali ravishda topshirish yaxshi an’anaga aylangan.
7 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respub­likasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni yuksak unvonlar, orden va medallarga sazovor bo‘lgani munosabati bilan samimiy qutladi. Ular orqali barcha vatandoshlarimizni Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi bilan muborakbod etdi.
Davlatimiz rahbari afsonaviy gimnastikachi, olimpiya o‘yinlari chempioni, yettita yozgi olimpiadada ishtirok etgan yagona sportchi, faoliyatini davom ettirayotgan davrida Butunjahon gimnastika shon-shuhrati zaliga kiritilgan yagona yulduz Oksana Chusovitinaga “El-yurt hurmati” ordenini topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, ikki hafta muqaddam Chusovitina Germaniyaning Kottbus shahrida Jahon kubogi bosqichi g‘olibiga aylandi va 2020 yili Tokioda o‘tadigan navbatdagi olimpiya o‘yinlariga borishga munosib da’vogar ekanligini yana bir karra isbotladi.

                                                   Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasida

Chorshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Қўмита раиси Рустам Қурбонов тўпланганларни Конституция куни билан самимий табриклаб, бош қомусимизнинг аҳамияти, давлатимиз раҳбариятининг спортни ривожлантириш ҳақидаги ғамхўрлигига тўхталиб ўтди ҳамда спортимиз ривожига катта ҳисса қўшиб келаётган мутахассис ва фахрийларга мукофотларни тантанали суратда топширди.
Мукофотланганлар номидан спорт фахрийлари Эркин Каримов ва Комилжон Худайберганов сўзга чиқишди ва давлатимиз раҳбарига миннатдорчилик изҳор қилиб, келгусида бундан-да фаол ва самарали ишлашга ваъда беришди.

                                                            Taqdirlanganlar ro‘yxati:

Iskandar Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
Farhod Turdiyev O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti
Nazirjon Xudoykulov Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi Oliy sport yutuqlari boshqarmasi boshlig‘i
Jamol Xolbayev Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi Iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi boshlig‘i
Aziza Ahmedova Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
Mirzahakim To‘xtamirzayev Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi Matbuot kotibi
Adham Yunusov Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi direktori
Vahobjon Muratkabilov O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining ijro etuvchi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi
Samuk Abidov Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi direktori
Shaxrillo Maxmudov Yakkama-yakka kurash bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi direktorii
Faxritdin Sagdullayev Gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi direktori
Erkin Karimov O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi faxriylar kengashi raisi, milliy terma jamoa maslahatchi murabbiyi
Akramjon Nizametdinov O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi menejeri
Irina Gevorgyan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi menejeri
Komil Sindarov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi a’zosi
Rustam Nabiyev O‘zbekiston regbi federatsiyasi vitse-prezidenti
Ismoiljon Matxalikov O‘zbekiston gandbol federatsiyasi bosh kotibi
Ulug‘bek Ikromov gandbol bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi
Elmira Fayzullayeva Sinxron suzish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi
Ravil Vishnyakov Suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi
Komiljon Xudayberganov O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisi
Azim Alimov O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi a’zosi
O‘ktam Bekpo‘latov O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi
Jaloliddin Atabullayev O‘zbekiston o‘q otish federatsiyasi bosh kotibi
Jasur Akramov O‘zbekiston “Rowing & Canoe” federatsiyasi vitse-prezidenti
Adina Burxonxo‘jayeva O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi ijrochi direktori
Mutalipova Liliya Chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston qizlar terma jamoasi katta murabbiyi
Go‘zal Filippova O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi bosh kotibi
Botir Mirodilov O‘zbekiston basketbol federatsiyasi, erkaklar bo‘yicha bosh murabbiyi
To‘lqin Kilichev O‘zbekiston boks terma jamoasining katta murabiyi
Rishod Sobirov O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bosh kotibi
Munira Sultanbekova O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh hisobchisi
Shuhrat Mamadaliyev O‘zbekiston sport kurashlari assosiatsiyasi bosh kotibi
Ernazar Xolmirzayev O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisining o‘rinbosari
Xurshid Nishanov O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi ijrochi direktori
Sarvar Shamusarov O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi bosh kotibi o‘rinbosari - xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i
Furqat Abdukodirov O‘zbekiston boksni rivojlantirishni qo‘llab-kuvvatlash jamg‘armasi boshlig‘i o‘rinbosari
Xayrullo Aripov O‘zbekiston boksni rivojlantirishni qo‘llab-kuvvatlash jamg‘armasi Bino va inshootlar bo‘limi boshlig‘i
Barno Sadikova O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi sport psixologi
Abror Niyazov O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi bosh hisobchisi
Xamza Qulmatov O‘zbekiston Respublikasi “Dinamo” jismoniy tarbiya sport jamiyati qo‘l jangi bo‘yicha murabbiyi
Abdulxay Zuparov O‘zbekiston Respublikasi “Dinamo” jismoniy tarbiya sport jamiyati erkin kurash bo‘yicha murabbiyi
Dilmurod Xasanov O‘zbekiston Respublikasi “Dinamo” jismoniy tarbiya sport jamiyati boks bo‘yicha murabbiyi
Bahodir Uzakbergenov O‘zbekiston Respublikasi “Dinamo” jismoniy tarbiya sport jamiyati dzyudo bo‘yicha murabbiyi
Vladimir Safarov “O‘zbekiston futboli” gazetasi jamoatchi muxbiri, futbol haqida kitoblar muallifi
 

                                                Milliy olimpiya qo‘mitasida

Milliy olimpiya qo‘mitasining bir guruh xodimlari “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlandi.

Jumladan, qo‘mita Bosh qotibi Oybek Qosimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi O‘zbekiston olimpiyachilarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ijrochi direktori Kamola Sharipova, qo‘mitaning marketing bo‘limi bosh­lig‘i Kamoliddin Ergashev, monitoring bo‘limi yetakchi mutaxassisi Dilnoza Sagdullayeva va g‘aznachi Elmira Naymushina ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi.
Milliy olimpiya qo‘mitasidagi taqdirlash marosimida mukofotlarni o‘z egalariga O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Farhod Turdiyev topshirdi.

                                            O‘zbekiston futbol federatsiyasida

Fidoyi yurtdoshlarimiz qatorida "O‘zbekis­ton Konstitutsiyasiga 25 yil" esdalik nishoni bilan mamlakat futbol federatsiyasining bir guruh faollari ham taqdirlandi. Ular orasida O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov, federatsiya xodimlari Muzaffar Qosimov, Shuhrat Shermatov, Diyor Isametdinov, Ma’mur Saidqosimov, Baxtiyor Mametov, Alim Arifov, Shuhrat Saydaliyev, Shamil Iseyev, Mardon Ishanjanovga esdalik nishonlari topshirildi.
Bundan tashqari, ikki nafar FIFA referisi Valentin Kovalenko va Sherzod Qosimov ham mana shunday yuksak e’tirofga loyiq deb topildi.
O‘tgan haftada yana bir iste’dod sohibi, “Pravda Vostoka” gazetasi sport bo‘limi mudiri Temur Nizayev “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Biz taqdirlanganlarning barchasini tabriklab, ularga ijodiy zafarlar va kelgusida sportimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishda davom ettirishlarini tilaymiz!
Mukofotlar muborak bo‘lsin!

.

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169