Superliga klublari oʻyinlar davomida futbolchilarni stadionda qoʻllab-quvvatlash uchun chora izlashmoqda

Xabaringiz bor, pandemiya tufayli deyarli uch oylik tanaffusdan soʻng Oʻzbekiston Superligasi oʻyinlari 13-iyundan eʼtiboran davom ettiriladi.

Ammo, Superliga oʻyinlari vaqtida futbolchilarni bevosita qoʻllab-quvvatlab turuvchi muxlislar stadionga kiritilmaydi. Shu boisdan ayrim klub vakillari muxlislar bilan kelishgan holda oʻz suyuklilarini maydonda yolgʻizlatib qoʻymaslik uchun turli takliflarni koʻrib chiqmoqda.

Jumladan, Toshkentning “Bunyodkor” klubi oʻz maydonlaridagi oʻyinlarda muxlislarning bevosita stadionda boʻlishlariga erishmoqchi. Bunda ashaddiy muxlislarning fotolari stadion oʻrindiqlariga joylashtirib chiqilishi koʻzda tutilmoqda. Bu yoʻl bilan toshkentliklar futbolchilarga ruhan dalda boʻlib turish mumkin deb hisoblashmoqda.

“Bunyodkor” buni karantin vaqtida anʼanaga aylantiradi va klub 10-iyunga qadar muxlislarning suratlarni bunyodkorfanclub@gmail.com elektron pochtasi orqali qabul qilmoqda.

Eʼtiborlisi, bu holat jamoasini stadionda oʻziga xos tarzda qoʻllab-quvvatlashga qaror qilishgan Qarshining “Nasaf” klubi tomonidan ham yoʻlga qoʻyiladi.

Eslatib oʻtamiz, Superliganing restartida 13-iyun kuni “Bunyodkor” oʻz maydonida “Qoʻqon-1912” klubini qabul qilsa, ushbu tur doirasida “Nasaf” 14-iyun kuni oʻz maydonida “Navbahor”ga qarshi oʻynaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.08.2020 | 12:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169