“Sariq” va “yashil” hududlarga sport qaytmoqda

Yurtimizga koronavirus pandemiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 29-maydagi qaroriga asosan 2020-yil 1-iyundan “sariq” va “yashil” hududlarda sport seksiyalari, toʻgaraklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyatiga ruxsat berildi.

Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan futbol boʻyicha xalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrish hamda ularda qatnashish maqsadida, professional futbol klublariga oʻquv-mashgʻulotlarni sanitariya qoidalari va gigiyena talablariga muvofiq holda boshlashga, 2020-yil 5-iyundan esa Oʻzbekiston professional futbol ligasi musobaqalarini davom ettirishga ruxsat berildi. Albatta, futbol oʻyinlari tomoshabinlar ishtirokisiz oʻtkaziladi.

Guvohi boʻlganingizdek, karantin qoidalari asta-sekin yumshamoqda. Bu esa nihoyat sport mashgʻulotlarini oʻtkazish imkoniyati paydo boʻlayotganini anglatadi.

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan onlayn videokonferensiya Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra “sariq” va “yashil” hududlarda sport mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalariga bagʻishlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati tomonidan oʻtkazilgan onlayn videokonferensiyada vazirning tegishli buyrugʻiga muvofiq karantin davrida “sariq” hududlarda autsorsing xizmati yo'lga qo'yilgan sport tashkilotlari va "yashil" hududlarda faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan sport seksiyalari, toʻgaraklari, sport zallari va fitnes klublarining faoliyatini tashkil etish boʻyicha vaqtinchalik talablar oʻqib eshittirildi.

Buyruqqa muvofiq, uch kun muddatda amaldagi karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda “sariq” va “yashil” hududlarda joylashgan sport seksiyalari, toʻgaraklari, sport zallari va fitnes klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Qolaversa, sport inshootlari (shu jumladan, ochiq maydonlar)ga kirish-chiqish joylarida fuqarolarning tana haroratini pirometrlarda oʻlchash, 37°S va undan yuqori tana harorati boʻlgan fuqarolarni sport inshootlariga kiritmaslik va bu haqida sogʻliqni saqlash boʻlimlariga xabar berish, sport tadbirlari hamda badantarbiya mashgʻulotlarini soat 07:30 dan 18:30 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida tashkil etishga qatʼiy amal qilinadi.

Shuningdek, sport tadbirlarini oʻtkazishda suzish havzalaridan aslo foydalanmaslik hamda sport taʼlim muassasalari faoliyatini yoʻlga qoʻymaslik koʻzda tutilgan.

Har bir sport inshootida muntazam ravishda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilib, sport tadbirlari va badantarbiya mashgʻulotlarini hududlarda oʻtkazish boʻyicha mahalliy hokimliklar, hududiy sogʻliqni saqlash va ichki ishlar boshqarmalari bilan kelishish, mahallalarga biriktirilgan trenerlar tomonidan reja asosida masofani saqlagan holda mahalliy aholi bilan badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazilishi belgilangan. Bunda sport tadbirlari va badantarbiya mashgʻulotlari davomida mahalliy aholini bir joyda toʻplanmaslik choralari koʻriladi.

Oʻz navbatida, sport tadbirlari va badantarbiya mashgʻulotlarining faol ishtirokchilari hamda gʻolib va sovrindorlarni ragʻbatlantirib borish ham koʻzda tutilgan.

Faqat, aholidan talab qilinadigani, berilgan imkoniyatdan samarali foydalangan holda karantin qoidalariga qatʼiy amal qilish. Unutmang, karantin qoidalarining yumshatilayotgani – karantin bekor boʻlganligini anglatmaydi.

Oʻzingiz va oʻzgalar salomatligini asrang!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.08.2020 | 12:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169