Oʻzbekiston Professional futbol ligasiga yangi rahbar tayinlandi

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Davron Shoqurbonov joriy yil 25-may kunidan oʻz arizasiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Shu sababli, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti A.Azizovning taqdimiga binoan Diyor Imomxoʻjayev Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qoʻmitasi tomonidan bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Undan oldingi direktor Davron Shoqurbonov 2019-yil 17-iyun kuni OʻzPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Diyor Imomxoʻjayev bunga qadar Bosh direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
10.07.2020 | 16:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169