Onlayn shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan birinchi Oʻzbekiston chempionatining qoldirilgan oʻyini boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 11-maydan 20-mayga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan havaskorlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi.

Karantin davrida aholining boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, yurtdoshlarimiz orasida shaxmatni yanada rivojlantirish maqsadida oʻtkazilgan onlayn musobaqaning 5-turnirida texnik sabablarga koʻra ushbu tur qoldirilgan edi. Mazkur qoldirilgan tur, ishtirokchilar talablarini inobatga olgan holda bugun oʻtkazildi.

Onlayn Oʻzbekiston chempionatining 5-turnirida surxondaryolik Norboyev Nabijon Narzikulovich eng yaxshi natijani qayd etgan holda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot uchun, ushbu onlayn musobaqa gʻoliblari 3 million soʻm miqdoridagi pul mukofoti hamda shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasida birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionati gʻolibi diplomi bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169