Samarqand viloyatidagi sport taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Umid Rajabov Samarqand viloyatida xizmat safarida boʻlib, karantin davrida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Jumladan, xizmat safari davomida viloyatning Pastdargʻom tumani 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, Nurobod tuman bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, Kattaqoʻrgʻon tuman bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, Kattaqoʻrgʻon shahar bolalar va oʻsmirlar sport maktabida hozirgi vaqtda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqildi va sport taʼlim muassasalarida mahalla, ayniqsa yoshlar bilan ishlash borasida tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Qolaversa, karantin davrida hududda trenerlarning sportchilar bilan olib borayotgan onlayn mashgʻulotlari, bu borada nimalarga ahamiyat qaratish borasida oʻzaro fikr almashildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169