Shaxmat boʻyicha birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining soʻnggi turniri gʻolibi Nurullo Uralov

Shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining soʻnggi turniri ham oʻz yakuniga yetdi.

Oʻnta turnirdan iborat boʻlgan mazkur musobaqa koʻpchilikda ijobiy taassurot qoldirdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Eʼtiborli tarafi, chempionat yakuniga yetib borgan sari musobaqa ishtirokchilari soni anchagina ortib borda. Taʼkidlash joiz 11-20-may oraligʻida turnirda ishtirok etish istagini bildirib, roʻyxatdan oʻtgan shaxmat ishqibozlaridan ham turnir saviyasi yuqori boʻlganligini bilib olsa boʻladi.

Havaskorlar oʻrtasidagi birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining soʻngi turniri gʻolibligi chess.com saytining Fair Play jamoasi tomonidan taqdim etilgan xulosasiga koʻra bosh sovrin 45 yoshli Uralov Nurullo Shermuxammadovichga nasib etdi.

Biz Navoiy viloyatida tavallud topgan Nurullo Uralovni shaxmat boʻyicha birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionati soʻngi 10 turniridagi gʻalabasi bilan tabriklaymiz.

11-maydan 20-mayga qadar davom etgan havaskorlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha “Uyda qol va gʻalaba qozon!” shiori ostida birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionati oʻz yakuniga yetdi. Chempionatda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yurtdoshlarimizni yana bir bora tabriklaymiz! Ishtirok etib gʻalaba qozona olmagan shaxmat ishqibozlariga esa kelgusi musobaqalarda omad yor boʻlishini tilab qolamiz!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169