Saida Mahmudova “Sardoba fojiasi”dan jabr chekkan aholi farzandlariga master-klass oʻtdi va sovgʻalar ulashdi

Bugun Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi hamda Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 1-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi (direktori Dilshod Mahmudov) tashabbusi bilan Sardoba suv omborining oʻpirilishi natijasida Guliston ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internatiga evakuatsiya qilingan aholi, ayniqsa, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va tushkunlik holatidan chiqarish maqsadida ular oʻrtasida sport musobaqalari va mahorat saboqlari (master-klass) oʻtkazildi.

Guliston ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internatida stol tennisi boʻyicha tashkil etilgan mahorat saboqlarini oʻzbek stol tennisining faxri Saida Mahmudova olib bodi va master-klass natijasida sardobalik yoshlar qalbida ushbu sport turiga mehr uygʻondi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Mahalliy aholining qiziqishini inobatga olgan holda tashkilotchilar shu yerning oʻzida doʻstona musobaqa tashkil qildi. Unda qatnashgan xotin-qizlar hamda yoshlarning qalbi quvonchga toʻldi.

Uchtepa tumani 1-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi murabbiylari tomonidan oʻgʻil bolalar oʻrtasida boks boʻyicha mahorat saboqlari va musobaqa oʻtkazildi. Tadbir soʻngida har bir ishtirokchi tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi hamda Uchtepa tumani 1-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi mutasaddilari tomonidan Guliston IOZMIda istiqomat qilayotgan yoshlarga kerakli oziq-ovqat, shaxsiy gigiyena vositalari, turli mavzulardagi kitoblar hamda sport jihozlari tarqatildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169