Karantin davrida qiziqarli sport: Angela Merkel qaysi sport turi bilan shugʻullangan?

1. Jangchining “yengil yoʻli”

Qanchalik gʻayritabiiy tuyulmasin, dzyudo asoschisi va jang sanʼati ustasi Dzigoro Kano bolaligida juda zaif va kuchsiz boʻlgan. Shuning uchun tengdoshlari uni doim masxara qilishardi. Shu bois u 17 yoshida jismoniy holatini mustaqil ravishda mustahkamlashga qaror qildi va jiu-jitsu bilan astoydil shugʻullana boshladi.

Kano 22 yoshga toʻlgach, universitetni tugatganidan bir yil oʻtib, toʻqqiz nafar shogirdni damlagan oʻz sport maktabini ochadi. Aynan ular uchun usta oʻzining jiu-jitsu haqidagi tasavvurlarini tushuntiradi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, 1882-yilning fevral oyida ushbu sport turiga asos solingan.

2. Tana va ruh uchun

Zamonaviy dzyudo nafaqat ruhni mustahkamlash, balki oʻzlikni anglashni yaxshilaydi. Jang sanʼati asoslariga amal qilgan har bir insonda odob oʻquvchilarning oʻzaro yordami orqali rivojlanadi. Bundan tashqari, inson muvozanatli, xotirjam, xotirasi yaxshi rivojlanadi, shuningdek, murakkab texnikani oʻrganish uchun kuzatuvchanlik ham zarur. Tasavvur rivojlanishda ham faol ishtirok etadi.

Dzyudo mashgʻulotlarining xavfsizligi tadqiqotchilar tomonidan tasdiqlangan: shifokorlar kurash sanʼatining ushbu turi yoshlar uchun mutlaqo xavfsiz ekanligini aniqladilar. Shu bilan birga, barcha jarohatlarning deyarli 70 foizi mashgʻulotlarda emas, balki musobaqa paytida orttiriladi.

Suratda Abdulla Tangriyev raqibi nisbatan ogʻrituvchi usulni qoʻllamoqda

3. Dunyo boʻylab dzyudo

Dzyudo juda chuqur falsafaga ega, shuning uchun ushbu jang sanʼati uslubini boshqa yoʻnalishlarning buyuk ustalari – aykido asoschisi Morixey Uesib, brazilcha jiu-jitsu yaratuvchisi Mitsuo Mayedalar chuqur oʻrganishgan. Bundan tashqari, Dzigoro Kanoning rafiqasi Sumano xonim ham dzyudo bilan shugʻullangan.

Shuningdek, koʻpgina taniqli yulduzlar va davlat arboblari ushbu jang sanʼatida muhim yutuqlarni qoʻlga kiritishgan. Bunga Gollivud yulduzlari Gay Richi va Stiven Sigal, hatto Germaniya kansleri Angela Merkelni misol keltirish mumkin. Bundan tashqari, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham mashhur dzyudochilar qatoriga kiradi.

4. Dzyudo Olimpiya oʻyinlarida

1964-yil dzyudo uchun muhim yil boʻldi. Oʻsha yili mazkur jang sanʼati Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Shundan beri ushbu qiziqarli sport turi Olimpiya oʻyinlari dasturidan mustahkam oʻrin olgan. Bugungi kunda Xalqaro dzyudo federatsiyasi oilasiga dunyoning 198 davlati aʼzo boʻlgan.

Armen Bogdasarov Atlanta-96 olimpiadasida

Oʻzbekiston sportchilari ham 1996-yildan boshlab Olimpiya oʻyinlarida muntazam qatnashib kelmoqda. Mustaqil Oʻzbekistonga yozgi olimpiada oʻyinlarining dastlabki kumush medalini aynan dzyudo sporti ustasi Armen Bogdasarov (Atlanta-96) taqdim etgan. Shuningdek, toʻrt yillikning nufuzli musobaqasida hamyurtlarimizdan Abdulla Tangriyev kumush (Pekin-2008), Rishod Sobirov esa uch karra (Pekin-2008, London-2012, Rio-2016) hamda Diyorbek Oʻrozboyev bir marta (Rio-2016) bronza medaliga sazovor boʻlishgan.

Rishod Sobirov - uch karra Olimpiya oʻyinlari sovrindori

Maqola Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169