Alibek Timurqulov bu safar onlayn shaxmat musobaqasida bosh sovrinni oʻziniki qildi

19-may kuni oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining toʻqqizinchi turniri ham qizgʻin va murosasiz kurashlarga boy boʻldi. Eʼtiborli tarafi shundaki sakkizinchi turda 10 imkoniyatdan 9 ochko jamgʻarib buxorolik Anvar Jabborov gʻoliblikni qoʻlga kiritgan edi. Shu turda xuddi shuncha ochko jamgʻargan yana bir buxorolik havaskor shaxmatchi Alibek Timurqulov ham 10 imkoniyatdan 9 ochko jamgʻargandi, ammo chess.com saytining Fair Play jamoasi qoʻshimcha koeffitsiyentlarga koʻra gʻoliblikni Anvar Jabborovga taqdim etgan edi.

19-may kuni oʻtkazilgan havaskorlar oʻrtasidagi birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining toʻqqizinchi turniri bosh sovrinini sakkizinchi turnirda ikkinchi oʻringa munosib koʻrilgan Timurqulov Alibek Akmalovich qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasida birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionati 11-20-may kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Shu kunga qadar 9 ta turnir oʻz yakuniga yetdi hamda har bir turnir gʻolibi uch million soʻm miqdoridagi pul mukofotini qoʻlga kiritdi.

Havaskorlar oʻrtasidagi birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining soʻngi turniri bugun boʻlib oʻtadi. Mazkur chempionatning oxirgi kunida ishtirok eting va gʻolib boʻling!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169