Oʼzbekiston dzyudo federatsiyasi va FILJKAM oʼrtasida shartnoma imzolandi

Oʼzbekiston dzyudo federatsiyasi hamda Italiya yakkakurash sport turlari (FILJKAM) federatsiyasi oʼrtasida oʼzaro hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Ushbu hamkorlik shartnomasining tamal toshi Oʼzbekiston Milliy olimpiya qoʼmitasi vitse-prezidenti, Oʼzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Аzizjon Kamilovning Italiyaga tashrifi chogʼida qoʼyilgan edi. Oʼshanda А.Kamilov Rim shahrida Italiya yakkakurash sport turlari (FILJKAM) va dzyudo federatsiyalari prezidenti Domeniko Falьkoni, bosh kotib Massimiliano Benuchchi, texnik direktor Kiyoshi Murakami, Italiya kurash (oʼzbek kurashi) federatsiyasi prezidenti Vittorio Jorji bilan ikki tomonlama hamkorlik yuzasidan uchrashuv oʼtkazgan edi.

Ushbu oʼzaro hamkorlik rishtalari rasman, qonuniy jihatdan kuchga kirdi. Har ikki federatsiya rahbarlari koronavirus pandemiyasi sabab shartnomaga masofadan turib imzo chekishdi.

Kelishuvga koʼra Oʼzbekiston va Italiya dzyudo federatsiyalari oʼrtasida keng qamrovda hamkorlik olib boriladi. Jumladan, imzolangan hujjatda har ikki davlat asosiy tarkib terma jamoalarining qoʼshma yigʼinlarini Toshkent va Rimda oʼtkazish, sport tibbiyoti va farmakologiya, dopingga qarshi kurashish sohalarida birgalikda ishlash, ikki mamlakat murabbiy va hakamlari uchun qoʼshma seminarlar tashkil etish kabi masalalarni alohida taʼkidlash oʼrinli boʼladi.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169