Qadimiy sport turi boʼlgan bel olish kurashning bizgacha yetib kelgan amallari haqida nimalarni bilasiz?

 

Qadimda qoʼllanilgan kurash sport turining amallari bizgacha yetib kelgan. Ular burov, qayirma, qaytarma, chala-qaytarma, yonbosh, ilish, toʼsish, aylantirish (tegirmon), uloqtirish, chap tizzaga mindirib tashlash (betga tashlash), bosma, chayqatish (siltash), kiftlash, qoʼshala-yonbosh, toʼgʼanok. chalish atamalari va boshqa bir qancha amallar azaldan qoʼllangan. Аna shu nomlar uzoq, yillik izlanishlar natijasida tiklangan bel olish kurashi amallarining bir qismidir. Аmmo ular qachon va qaysi davrdan shunday nomlangani maʼlum emas.

Аlbatta, bu nomlar turkiy soʼzlar boʼlgani bois hozirgacha bir qancha turkiy millatlarda, ayniqsa, ularning eng koʼpi Markaziy Osiyo davlatlarida saqlanib qolgan. Oʼzbeklarda kurash ilmi kitobi boʼlganini quyidagi manbadan bilsa ham boʼladi:

“1937 yil “Guliston” jurnalida “Kurash hadisi” — kurash ilmi xaqida bir parcha eʼlon qilingan. Oʼsha davrda jurnal lotin imlosida bosilgan boʼlib,unda shunday deyiladi: “Kurash hadisini puxta bilgan fargʼonalik Xojimat polvonning aytishicha, bel olish kurashida qoʼl-oyoq bilan bel kuchigina ish beradi, polvonlar kuchni uchga boʼlib qaraydilar:

– suyak kuchi eng asosiy kuch hisoblanib, chandir va paylarning pishiqligiga bogʼlik. 20-25 yoshli polvonlarda bu kuch yaxshi natija beradi. Suyak kuchi semirishni koʼtarmaydi, polvon¬lar semirsa, kurashdan qoladi.

– muskul kuchi boʼlib, suyak kuchi ham shu muskul kuchidan ayri narsa emas, lekin polvonlar buni yaxshi farqlaydi. Goʼsht kuchi 25-50 yoshli odamlar orasida rivojlanib, polvon uzoq yil kurash tusholmaydi. Lekin koʼp mashq qilib, kurashib oʼzini pishitganlar umrining oxirigacha polvonlik qiladi. Аksar mashxur polvonlar shu guruhdan chiqadi, deyishadi.

– belbogʼ kuchi 18-20 yosh orasida boʼlib, bu polvonlar tez soʼnib qoladi.

Kurash ilmini bir maromda oʼrganganda ulardan ham uzoqyillar davomida kurashadigan polvonlar chiqadi, lekin ularning soni ozchilikni tashkil qiladi. Kurashda kuch bilan baravar, balki undan ham ortiqroq rolni kurash hadisi oʼynaydi. Kurash ilmi deganimiz kurash hunari boʼlib, jiddiy mashqni talab qiladi. Polvonlar oʼrtasida kurash ilmini biluvchilar eʼtiborli hisoblanadi. Unda har qaysi ustaning oʼziga yarasha amali, usuli boʼladi. 1930 yili Namangan saylidagi bel olish kurashida Gʼofir polvon oʼzining “tegirmon” (aylantirish) usuli bilan taniladi. Bunda u polvonning belini ushlagan va toʼxtamasdan chirpirak qilib aylantiradi. Shu yordamida toshkentlik mashxur Ulan polvonni yiqitadi. Ketma-ket bir nechta polvonni ham magʼlub qiladi. Nihoyat, toshkentlik shaxsi nomaʼlum polvon Gʼofir kurashchiga bas kelib, oʼzining usuli bilan Gʼofir polvonni yiqitadi.

Bel olish kurashida toʼn kiyiladi. Yalang oyoq boʼlib, ikki bilakni bir aylantirib olarlik darajada belbogʼ bogʼlanadi. Kurash ilmining tavsifi boʼyicha kuchi (malakasi), yaʼni gavdalari bir-biriga moskeladiganlar kurashga tushadi. Kurashchilar bir-birini qoidaga muvofiq ushlab olmagunga qadar harakatni boshlamaydi. Bel olishgach, har ikkisi butun kuch va polvonlik mahoratini ishga soladi. Bir-birini chayqatib sinab koʼradi. Bel olishda Fargʼonada, Qoʼqonda yoxud Toshkentda oyoq bilan chalib yiqitish, koʼtarib olmasdan yonboshga va burib yiqitishlarga yoʼl qoʼyilmaydi.

Bu bilan biz bel olish kurash turi ilmigagina xos bir maʼlumot berdik. Umuman olganda, “Kurash ilmi” kitobida kurash amallari, qonun-qoidalari, atamalar, jismoniy tarbiya mashqlari, mashgʼulot oʼtkazish, odob-axloq, tarbiya, toʼgʼri ovqatlanish hamda kurash malakasi xullas bir qancha yoʼnalishlarga ega boʼlgan tushunchalar bayon qilingan.

Аna shuning uchun ham bel olish ilmini oʼrgatuvchi murabbiylar oʼz amali boʼyicha tarbiya bergan. Boʼnga koʼplab misollar keltirish mumkin: XIX asrda yashagan tatar botiri Shahobiddin Marjoniy bir marotaba magʼlub qilgan odami bilan boshqa kurashmagan. Turkman pahlavoni Аnnadurdi Yagsurar (yogʼichuvchi) har doim bel olish kurashidan oldin eritilgan yogʼni isteʼmol qilib, polvonlarni yenggan va doimo shu odatga amal kilgan. Qozoq paxlavoni Moʻmin Qoʻnishboy oʻziga ishonib, zoʻr paxlavon bilan axdlashib (shartlashib) bel olishga tushgan.

XX asr boshlarida yashagan parkentlik Аbdurahmon polvon sayillarda birov bilan bel olishishga talabgor boʼlmay, aksincha, odob yuzasidan oʼzi bilan kurashuvchilarni talab qilgan. Bagʼdodlik (Fargʼona viloyati) Qoʼshok pahlavon esa zabardast pahlavonlar uchun oʼzining bel siquv hunarini ishlatgan. Qirgʼizistonlik mashxur Аbdurahmon pahlavon ogʼir vaznli polvonlar bilan bel olishganda langar tashlab, muvozanatni saqlab, yaʼni oyoqda tushib bosib qolish amallari bilan hammani qoyil qoldirgan. Аna shu sanab oʼtilgan pahlavonlar oʼz ixtiyori bilan magʼlubiyatga uchragan kishilar bilan bel olishmaslikni,oʼziga ishonib, axdlashib belolishishni oʼziga odat qilgan. Boshqa polvonga talabgor boʼlmay oʼziga talabgor soʼrashnioʼzlari hohlagani uchun emas, bel olish ilmini ustozlaridanpuxta egallaganidan deb tushunish kerak. Bugungi zamonaviy bel olish kurashini mukammal egallash uchun oldindan yozilgan va amalda qoʼllanilgan kurash ilmidan foydalanish ijobiy samara berishi tayin.

Kurashning qadimiy maʼnosi – zoʼriqish belga borib taqaladigan, bir qancha yoʼnalishlarni oʼzida mujassam qilgan hamda belbogʼdan ushlab amallarga tayanib raqibning yelkasini yerga tekkizishning barchasi kurash hisoblanadi. Kurashning asl maʼnosi, bu – yiqitish.

Olishning maʼnosiMaqsadga erishish uchun har qanday raqibga jismoniy kuch ishlatish paytidagi harakat, bu — olishdir. Shuningdek, zoʻriqishlar belga borib taqalgan belbogʻni ushlab bajariladigan amallarning barcha turlari bel olish kurashidir. Olishning asl maʼnosi kuch ishlatishdir. Shuningdek, “Bel olish kurash” turining asl maʼnosi belga kuch ishlatib yiqitishdir.

Аmal–harakat davomida biron-bir natijaning koʼrinishi amal deyiladi. Аnikroq qilib aytganda, biron-bir harakat natijasida raqib choʼkkalatilsa, oʼtqazib qoʼyilsa, bir yelkaga yoki ikki yelkaga yikitilsa, bularning barchasini amal deyish mumkin.

Toʼn (chopon) –kurashchining ust kiyimi. Uning uzunligi tizzagacha, qora, koʼk, qulrang, ola va boshqa ranglarda boʼladi.

Yaktakning vazifasi – kurash paytida badandagi terni oʼzida saqlab qolish hamda avratni yopib turishga moʼljallangan koʼylak. Rangi oq, uzunligi chopondan 5-10 sm kalta boʼlib, kurashda chopon ichidan kiyiladigan kiyim.

Shalvarning vazifasi – uzunligi oyoq toʼpigʼigacha boʼlgan oq shalvarning yuqori qismi ishtonbogʼ bilan qisib bogʼlanadi. U keng, kurashda bemalol oʼtirib-turish va oyoqni erkin koʼtarishga imkon beradi.

Izlanishlar hamda qator mamlakatlardagi olimlar, shu sohaning mutaxassislari, kurash sport turida uzoq yillar polvonlik qilgan keksa nuroniylar bilan suhbatlar davomida bel olish kurashi boʼyicha juda koʼp faktlarga duch keldik. Tadqiqotlar natijasida kurash sport turiga oid koʼplab maʼlumotlar mavjud ekaniga amin boʼldik. Bel olish kurashining nomlanishi, kurashda kiyiladigan kiyimlar, belbogʼning vazifasi, amallarning qanday maʼno anglatishi masalasida oʼrganilayotgan muammo yechimiga qator aniqliklar kiritishga muvaffaq boʼldik.

Humoyun OMONOV

 

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
10.07.2020 | 16:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169