OʻzPFL va Pro liga klublari ishtirokida video konferensiya boʻlib oʻtdi

OʻzPFL va Pro liga klublari ishtirokida video konferensiya boʻlib oʻtdi. Bunda musobaqa formati yuzasidan fikr almashildi. Sir emaski, Pro ligada 8 ta klub dastlabki ikki yoʻllanma uchun kurash olib boradi. Jamoalar 4 davra davomida jami 28 ta turda ishtirok etishlari kerak edi. Karantin holatidan kelib chiqib, davralar soni qisqarishi mumkin. Barchasi mashgʻulotlarga qachon ruxsat etilishiga bogʻliq.

Maydonlar masalasida Neftchi, Dinamo, Shoʻrtan, Istiqlol va Turon klublarida muammo yoʻq. Oqtepa hamda Xorazm sunʼiy maydonda oʻz uchrashuvlarini oʻtkazadi. Bu esa tabiiyki, iyul oyida futbolchilarga qiyinchilik tugʻdiradi. Shundan kelib chiqib ham, 4 ta davra uchrashuvlarini qayta koʻrib chiqish masalasi kun tartibida turibdi. Zomin futbol klubining stadioni iyun oyiga tayyor boʻlishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda OʻzPFL mashgʻulotlarga rasman ruxsat etilish kunini kutib turibdi. Mashgʻulotlar start olishi hamda maxsus komissiyaning zonalarni qanday ajratishi, viloyatlarga kirish-chiqish masalalaridan kelib chiqib, OʻzPFL keyingi rejalarga aniqlik kiritib oladi.

Manba: @diyorimamkhodjaev

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169