Bu qiziq: Ogʻir atletika bilan shugʻullangan insonning boʻyi oʻsmay qoladimi?

Sport bilan shugʻullanish inson salomatligi uchun foydali, lekin koʻplab muxlislarda ogʻir atletika bilan shugʻullanish inson boʻyi oʻsishiga salbiy tasir koʻrsatishi mumkinligi haqidagi taassurot mavjud. Shu kabi savol sizda ham tugʻilgan boʻlishi mumkin.

Bu kabi fikrlarni juda koʻplab eshitganmiz. Biroq koʻplab shifokorlar ogʻir atletika bilan shugʻullanish inson boʻyi oʻsishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi degan fikrga mutlaqo qarshilar. Ularning fikricha bularning barchasi shunchaki uydurma.

Shifokorlar va ogʻir atletika boʻyicha mutaxassislarning taʼkidlashlaricha, ushbu sport turi bilan oʻz qoidalari asosida mashgʻulot olib borishlari maqsadga muvofiq ekan.

Misol uchun, Sobiq ittifoq ogʻir atletikachisi Yuriy Vlasovning boʻyi 187 santimetr edi. Vlasov ogʻir atletika bilan suvorov maktabida oʻqib yurgan kezlari shugʻullana boshlaydi. Faoliyatining eng gullagan davrida esa uncha-muncha sportchi yaqinlashmaydigan ogʻirliklarni oʻziga boʻysundira olgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
10.07.2020 | 16:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169