Sportchilar tomonidan Sardoba fojeasida jabr chekkan oilalarga insonparvarlik yordami joʻnatildi

Xalqimiz boshiga jiddiy sinovlar tushayotgan shu kunlarda Oʻzbekiston aholisi bir yoqadan bosh chiqargan holda bu musibatlarga qarshi birlashmoqda.

Bir necha kun oldin Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan falokat ham jafokash xalqimizni bir maqsad yoʻlida birlashtirdi. Bu fojea Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va tizimdagi barcha tashkilotlar rahbar va xodimlarini befarq qoldirgani yoʻq.

Shu munosabat bilan, 2-may kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ishchi-xodimlar, sportchilar va trenerlar Sardoba fojeasida jabr koʻrgan oilalarga yordam aksiyasini boshlashdi.

Ular tomonidan toʻplangan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, issiq kiyim-kechaklar, gigiyenik vositalar, kir yuvish mashinalari, sport kiyimlari va jihozlaridan iborat “Sahovat karvoni” kechaning oʻzida Sirdaryo viloyatiga yetkazib berildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan yuborilgan homiylik koʻmagi Guliston olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda Sirdaryo viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi (Futbol mahorati maktabi) yotoqxonalariga vaqtinchalik evakuatsiya qilingan yurtdoshlarimizga yetkazib berildi.

Shuningdek, bu yerga joylashtirilgan fojeadan jabr chekkan yurtdoshlarimizning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni ruhiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida stol tennisi, shaxmat-shashka sport turlari boʻyicha bir qator musobaqalar ham tashkil etilmoqda.

Bugun, 3-may kuni ham Jismoniy tarbiya va sport vazirligining “Sahovat” aksiyasi doirasida Toshkent shahrida yigʻilgan roʻzgʻor buyumlari, issiq kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, maktab oʻquvchilari uchun badiiy kitoblar ham oʻquv qurollari va boshqa turdagi mahsulotlardan tashkil topgan ikkinchi “Sahovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga joʻnatildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
17.01.2021 | 20:32
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169