Oʻzbek futboli afsonasi – Mixail An

“Paxtakor” futbol jamoasi tarixida katta oʻrin tutgan futbolchilarni eslashda davom etamiz.

Mixail An 1952-yil Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Sverdlov jamoa xoʻjaligida dunyoga kelgan. Uning akasi Dmitriy “Paxtakor” va “Politotdel” jamoalari sharafini himoya qilgan. Shu sababli Mixail uchun futbol begona boʻlmagan muhit sanalardi.

Oʻsmirligidayoq barchaning eʼtiboriga tushgan An 1970-yilda “Politotdel” asosiy tarkibiga jalb etildi. 1971-yilning ikkinchi davrasidan uning “Paxtakor”dagi faoliyati boshlandi. Ilk uchrashuvini mahoratli yarim himoyachi 23-avgust kuni Toshkentda “Dinamo” Tbilisiga qarshi kechgan bellashuvda oʻtkazgan. Oʻsha bahsda jamoamiz 5:1 hisobida zafar quchgan. Aynan oʻsha mavsumdan yarim himoyada An, Fyodorov, Varyuxin, Abduraimov va Xadzipanagis hukmronligi boshlangandi. Ular raqib himoyasini oʻta murakkab ahvolga tushirib qoʻyishgan.

1974-yilgi mavsumda u oliy ligada 11 gol muallifiga aylanib, chempionatning eng yaxshi 33 futbolchisi roʻyxatidan oʻrin olgan. Oʻsha yili “Qayrat” darvozasiga kiritgan uch toʻpi muxlislar yodida qolgan. Shuningdek, 1975-yil “Dinamo” Kiyevga qarshi ajoyib bahsda u dubl qayd etgan.

1974-yil SSSR terma jamoasidan taklif olib, sentyabrda “Roma”ga qarshi oʻtgan oʻrtoqlik bahsida qatnashgan. 1978-yil esa Eron bilan Tehrondagi oʻrtoqlik oʻyini va Turkiyaga qarshi Yevropa chempionati saralash bellashuvlarida qatnashgan. 1979-yil ikkinchi terma jamoa tarkibida Meksika va AQSH termalari bilan toʻqnashuvlarda toʻp kiritgan.

1976-yil SSSR yoshlar terma jamoasi safida Yevropa chempioniga aylangan. Oʻsha jamoada u sardorlik vazifasini ham bajargan. Afsuski, 1979-yil roʻy bergan aviahalokat sababli Mixail An hayotdan koʻz yumgan.

“Paxtakor” safida u chempionat bellashuvlarida 232 oʻyinda 47 gol muallifiga aylangan.

2006-yil Mixail An oʻlimidan soʻng “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Ayni paytda Mixail Anning oʻgʻli Dmitriy An “Paxtakor” futbol klubi tizimida murabbiylik qilib, boʻlajak futbolchilarga millionlar oʻyini sirlarini oʻrgatmoqda. Demak, Anlar oilasi hamon “Paxtakor” va futbol bilan birga.

Manba: https://t.me/Pakhtakor_FC

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169