“Paxtakor”ning SSSR chempionatlaridagi turli rekordlari

“Paxtakor” futbol klubining Sobiq Ittifoq mamlakati chempionatlarida qayd etgan turli rekordlari bilan tanishtirib oʻtamiz.

Jamoamizning oliy ligadagi eng yuqori natijasi 6-pogʻona boʻlib, 1962 va 1982-yilgi mavsumlarda buni qayd etgan. 1968-yil SSSR Kubogida finalgacha yetib borib, hal qiluvchi bahsda “Torpedo”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. 1972-yil SSSR birinchi ligasi gʻolibiga aylangan “Paxtakor” 1988 va 1989-yillarda birinchi liga jamoalari kubogida muvaffaqiyat qozongan.

SSSR chempionati oliy ligasida eng yirik gʻalaba 5:0 natijasi bilan erishilgan boʻlib, SKA, “Zenit” (uch marta), “Dnepr” va Kiyevning “Dinamo” jamoalari dogʻda qoldirilgan. Birinchi ligadagi eng yirik yutuq esa 11:1 hisobida 1958-yil Bereznikining “Ximik” klubi ustidan qoʻlga kiritilgan. SSSR Kubogida Samarqandning “Spartak” jamoasi 10:1 hisobida magʻlub etilgan.

SSSR chempionatining har yil yakunlariga koʻra aniqlangan eng yaxshi 33 futbolchi roʻyxatidan Yuriy Pshenichnikov (1966, 1967), Birodar Abduraimov (1968), Vasilis Xadzipanagis (1974), Mixail An (1974, 1978), Vladimir Fyodorov (1974, 1976), Andrey Yakubik (1982) va Andrey Pyatniskiy (1991) oʻrin olgan.

1968-yil Birodar Abduraimov va 1982-yil Andrey Yakubik oliy liga toʻpurariga aylangan. Shuningdek, Birodar Abduraimov 1972-yil birinchi ligada ham toʻpurar boʻlgan. 1990-yil Igor Shkvirin buni yana bir bor uddalagan.

Oʻsmirlar oʻrtasida SSSR terma jamoasi bilan Yevropa chempioni boʻlgan futbolchilar uch nafar boʻlib, 1966-yil Sergey Dotsenko va Vyacheslav Bektoshev, 1987-yil Mirjalol Qosimov bunga erishgan. Yoshlar terma jamoasi tarkibida 1975-yil Mixail An va Vladimir Fyodorov, 1988-yil Mirjalol Qosimov chempion boʻlgan. Qosimov 1987-yil oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioniga ham aylangan. Fyodorov esa 1976-yil Monrealda oʻtkazilgan Olimpiadada bronza medaliga ega chiqib, oʻzbekistonlik futbolchilar orasida buni uddalagan yagona oʻyinchi hisoblanadi.

Manba: https://t.me/Pakhtakor_FC

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169