Oʻzbek futboli afsonalari – Vladimir Fyodorov

“Paxtakor” tarixida yana bir oʻchmas iz qoldirgan futbolchi, 1979-yilgi aviahalokatda dunyodan oʻtgan Vladimir Fyodorov faoliyatiga toʻxtalamiz.

1955-yil Vladimir Fyodorov Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida dunyoga kelgan. Futbol oʻynashni Sverdlov jamoa xoʻjaligi jamoasida boshlagan. Uning otasi ham futbolchi boʻlgan va Oʻrtasaroy hududida futbolni rivojlantirishga eʼtibor qaratgan. Keyinchalik Toshkentda joylashgan German Titov nomidagi maktab-internatga qabul qilingan. 1972-yil oʻsmirlar terma jamoasidagi oʻyinlari bilan “Paxtakor” murabbiylari eʼtiborini tortgan Vladimir jamoaga taklif qilingan. Murabbiy Vyacheslav Solovyev uni darhol asosiy jamoa safida maydonga tushirgan. Hujumchi bu ishonchni oqlab, debyut bahsida Permning “Zvezda” jamoasi darvozasini ishgʻol etgan. Oʻsha mavsum “Paxtakor” SSSR chempionati 1-ligasida oʻynagan. Keyingi bellashuvda “Pomir”ga gol urgan Fyodorov shu bilan kattalar orasida ham oʻzini munosib koʻrsatgan. Ilk mavsumda u 7 goli bilan yodda qolgan. “Paxtakor” oliy ligaga qaytgach, 1974-yil u ajoyib oʻyin namoyish qilgan. 9 toʻp kiritgan hujumchi SSSRning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatidan oʻrin olgan. 1976-yil ushbu natijani takrorlagan.

Terma jamoadagi debyutini Vladimir 1974-yil oʻtkazgan. Oʻshanda u Yevropa chempionati saralash oʻyinida Irlandiyaga qarshi zaxiradan tushirilgan. 1976-yil uning faoliyatida eng yaxshilaridan biriga aylangan. Dastlab yoshlar terma jamoasi tarkibida Yevropa chempionatida chorak finalda Fransiya, yarim finalda Vengriya magʻlub etilishiga oʻz gollari bilan hissa qoʻshib, doʻsti Mixail An bilan Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan. Iyulda esa Kanadaning Monreal shahrida oʻtkazilgan Olimpiada oʻyinlarida bronza medaliga ega chiqqan. U futbol bahslarida Olimpiada medaliga ega oʻzbekistonlik yagona futbolchi hisoblanadi. Olimpiadada Fyodorov 4 uchrashuvda maydonga tushgan.

Milliy terma jamoada esa Konstantin Beskovdan keyin Valeriy Lobanovskiy qoʻl ostida 8 bahsda oʻynagan. Keyinroq Nikita Simonyan ham uni terma jamoaga jalb qilishda davom etgan. 1976-yilgi ajoyib mavsumdan soʻng unga koʻplab jamoalardan takliflar boʻlishiga qaramay, Vladimir “Paxtakor” uchun oʻynashda davom etishini maʼlum qilgan.

SSSR terma jamoasi tarkibida u jami 18 bellashuvda maydonda harakat qilgan. “Paxtakor” uchun 188 bahsda 58 gol muallifiga aylangan. 2006-yil oʻlimidan keyin “Shuhrat” medaliga loyiq koʻrilgan.

Hujumdagi tez va aldamchi harakati, darvozaga tayyorgarliksiz zarba bera olishi, jangchi xarakteri, oʻyinni oʻziga olishi kabi xususiyatlari uni boshqalardan ajratib turardi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169