Ravshan Ermatov terma jamoalari bosh murabbiylari bilan videomuloqot oʻtkazdi

Oʻtgan hafta OʻFA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov barcha yoshdagi terma jamoalarimiz bosh murabbiylari bilan videomuloqot oʻtkazib, unda koronavirus sabab yuzaga kelgan ayni tanaffus, uning terma jamoalar taqvim rejasiga koʻrsatadigan taʼsiri, qolaversa ushbu vaqt oraligʻida terma jamoalarga nomzod futbolchilarning sport formasini barqaror tarzda ushlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar kabi masalalar batafsil muhokama etilgan edi.

Bugun OʻFA rahbariyati, terma jamoalar boʻlimi vakillari, U-16 hamda U-19 terma jamoalarimiz ustozlari ushbu yoshdagi terma jamoa aʼzolari bilan videomuloqot orqali bogʻlanib, ularning uy sharoitidagi mashgʻulot jarayonini bevosita kuzatib borishdi. Iliq ruhda oʻtgan muloqot jarayonida futbolchilar murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan uyda bajarish lozim boʻlgan mashgʻulotlar majmuasini muntazam bajarib borishayotganini, bu orqali sport formasini imkon darajasida yaxshi ushlashga intilishayotganini, qolaversa karantin davrida uyda vaqtni mazmunli oʻtkazishga harakat qilishayotgani taʼkidlab oʻtishdi.

Xabaringiz bor, ayni vaqtda koronavirus pandemiyasi sabab deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha toʻxtatilgan. Shu jumladan, mamlakatimizda ham futbol mavsumi karantin sabab vaqtincha tanaffusga chiqqan.

Lekin bu futbolchilar kundalik mashgʻulotlarni toʻxtatganini anglatmaydi. Turli yoshdagi terma jamoalarimizga nomzod futbolchilarning barchasi karantin qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda uy sharoitida mashgʻulotlar oʻtkazib borishmoqda.

Ushbu jarayonni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar boʻlimi vakillari, shuningdek terma jamoalarimiz murabbiylar shtabi muntazam nazorat qilib bormoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169