Odil Ahmedov Xitoyda turib O'zbekiston xalqi uchun katta xayriyaga qoʻl urdi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori – hozirgi kunda Xitoyning “Shanxay SIPG” klubida toʻp surayotgan Odil Ahmedov Xitoydan Oʻzbekistonga maxsus insonparvarlik yordamini joʻnatdi.

Xabaringiz bor, shu kunlarda butun dunyo koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashmoqda. Deyarli barcha mamlakatlarda karantin eʼlon qilingan boʻlib, ish-faoliyatlar cheklangan. Virusga qarshi kurashda turli mamlakatlarning nufuzli shaxslari xayriyalar bilan yordamlashishga harakat qilmoqda.

Shu boisdan, mashhur futbolchimiz Odil Ahmedov ham Oʻzbekiston uchun yirik miqdordagi xayriyaga qoʻl urdi. Maʼlum boʻlishicha, futbolchi mamlakatimiz aholisi uchun yirik miqdorda tibbiy mahsulotlar partiyasini joʻnatgan.

Qiyin damlarni yengib oʻtishda insonparvarlik yordamlari bilan hissa qoʻshayotgan hamyurtlarimizning kasb-korlariga yaratganning oʻzi barakot bersin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169