#Uyda qol! # hayotga qoʻshil! chellenjida faol qatnashing va qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiriting!

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyodagi Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi hamkorligida “6-aprel – Taraqqiyot va tinchlik yoʻlida Xalqaro sport kuni” munosabati bilan yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shugʻullanishni keng targʻib etish maqsadida oʻziga xos salomatlik aksiyasini eʼlon qiladi.

#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenjida qatnashish orqali siz nafaqat oʻz salomatligingizni mustahkamlaysiz, balki bu orqali qimmatbaho sovgʻalarni yutib olish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Buning uchun siz:

1) karantinda uyda qolib oila aʼzolaringiz bilan birga badantarbiya va sport mashqlarini bajaring hamda uni videoga olgan holda oʻzingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz (Facebook, Instagram)ga joylang;

2) Ushbu videoni Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (facebook.com/www.sport.uz, instagram.com/minsportuz)ga ulashing.

Shuningdek, vazirlik rasmiy sahifalarida bu xabar bilan boʼlishadi.

Videoroliklarni baholashda:

taqdim etilgan videorolikda tanlov ishtirokchisi yoki uning oila aʼzolari uy sharoitida sport bilan shugʻullanish jarayoni aks etganligi;
uyda sport bilan shugʻullanish jarayoniga kreativ yondashuvi;
videorolikning sifati;
ishtirokchi(lar)ning uyda qolib sport bilan shugʻullanishga daʼvat etgan (chaqiriq) boʻlishi;
videoroliklar 2 daqiqadan oshmasligiga eʼtibor qaratiladi.
Chellenj joriy yilning 6-26-aprel kunlari oraligʻida oʻtkaziladi. Har toʻrtinchi kunda chellenjning uch kunlik gʻoliblari aniqlanib, taqdirlab boriladi.

#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenjida faol ishtirok eting va sovgʻalarni qoʻlga kiriting.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
10.07.2020 | 16:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169