Oʻzbekistonlik ogʻir atletikachilar Olimpiya oʻyinlarida

Oʻzbekistonlik ogʻir atletikachilar mamlakatimiz mustaqil boʻlgandan beri ishtirok etgan barcha Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan. Ogʻir atletikada birinchi va yagona medalimiz Ruslan Nurudinovning Rio Olimpiadasidagi oltin medal boʻlib, Olimpiada rekordi bilan qayd etilgan ushbu natija barchamizga faxr hissini berishi, shubhasiz.

Har qanday sohada ulkan muvaffaqiyatning siri yillar davomida orttirilgan tajribadir. Ha, ogʻir atletikachilarimiz Atlanta-1996dan London-2012gacha shohsupaga koʻtarila olishmagan. Ayniqsa, Londonda Ruslanning oʻzi juda yaqin kelgan edi. Shu vaqt oraligʻida murabbiylar va sportchilar tomonidan orttirilgan ulkan tajriba va hukumatimizning qoʻllab-quvvatlashi sabab hozirda kuchli zaxiraga ega boʻldik, deya bemalol ayta olamiz. Quyida mustaqillik davrida atletlarimizning qayd etgan natijalarini eslab oʻtamiz:

Atlanta-1996

-54 kg: Viktor Yanskiy (14-oʻrin) – 242.2 kg (107.5 + 135)
-76 kg: Baxtiyor Nurullayev – omadsiz ishtirok
-99 kg: Aleksandr Urinov (13-oʻrin) – 365 kg (172.5+192.5)
-108 kg: Valentin Manushev (16-oʻrin) – 350 kg (160 + 190)
+108 kg: Igor Halilov – omadsiz ishtirok

Sidney-2000

-85 kg: Baxtiyor Nurullayev (14-oʻrin) – 352.5 kg (160+192.5)
+105 kg: Igor Halilov (12-oʻrin) – 410 kg (185+225)

Afina-2004

-94 kg: Furqat Saidov (18-oʻrin) – 320 kg (145+175)
-105 kg: Aleksandr Urinov (8-oʻrin) – 400 kg (185+215)
+105 kg: Igor Halilov (9-oʻrin) – 420 kg (187.5+232.5)

Pekin-2008

-77 kg: Sherzodjon Yusupov (16-oʻrin) – 322 kg (144+178)
-85 kg: Mansurbek Chashemov (7-oʻrin) – 367 kg (165+202)

London-2012:

-48 kg: Marina Sisoyeva (omadsiz ishtirok)
-56 kg: Ruslan Makarov (omadsiz ishtirok)
-69 kg: Bahrom Mendiboyev (omadsiz ishtirok)
-85 kg: Sherzodjon Yusupov (11-oʻrin) – 350 kg (155+195)
-105 kg: Ivan Yefremov (5-oʻrin) – 401 kg (183+218)
-105 kg: Ruslan Nurudinov (4-oʻrin) – 404 kg (404+220)

Rio-2016:

-69 kg: Doston Yoqubov (15-oʻrin) – 313 kg (137+176)
-105 kg: Ivan Yefremov (5-oʻrin) – 414 kg (194+220)
+105 kg: Rustam Jangabayev (6-oʻrin) – 432 kg (195+237)
+105 kg: Sardorbek Doʻstmurodov (11-oʻrin) – 411 kg (179+232)

ChEMPION

-105 kg: Ruslan Nurudinov – 431 kg (194+237)

Raqamlar:

Olimpiya oʻyinlarida eng koʻp ishtirok etgan ogʻir atletikachimiz: Igor Halilov (3-marta: Atlanta-1996, Sidney-2000, Afina-2004);

Eng koʻp ogʻir atletikachimiz qatnashgan Olimpiya oʻyinlari: London-2012 (6 nafar);

Eng kam ogʻir atletikachimiz qatnashgan Olimpiya oʻyinlari: Sidney-2000 (2 nafar).

Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan eng yosh atlet: Furqat Saidov (17 yosh), Afina-2004;

Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan eng yoshi katta atlet: Igor Halilov (32 yosh), Afina-2004;

Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan yagona ayol sportchimiz: Marina Sisoyeva (London-2012).

Ishonamizki, kelasi yil boʻlib oʻtadigan Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarilarida ogʻir atletikamiz tarixiga kiradigan polvonlarimiz soni yana-da ortadi.

Aziz hamyurtim, oʻzingiz va yaqinlaringizning salomatligi uchun uyda qoling!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.08.2020 | 10:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169