Karantin davrini sportdan uzilmagan holda oʻtkazamiz

Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrugʻi bilan vazirlik tizimida faoliyat koʻrsatayotgan barcha taʼlim muassasalari, jumladan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Respublika Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab internatlar, IBOʻSMlar, BOʻSMlaridagi pullik va bepul toʻgaraklar, shuningdek, yopiq suzish havzalaridagi barcha toʻgaraklar nomuayyan muddatga taʼtilga chiqarilgan edi.

Shunday boʻlsada, aholi oʻrtasida boʻsh vaqtni mazmunli tashkil etishda uy sharoitida sport bilan muntazam shugʻullanishni tashkil etish borasida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Sirdaryo viloyatidagi barcha bolalar-oʻsmirlar sport maktabi sportchi oʻquvchilari karantin davrida kunni mazmunli oʻtkazish hamda sport formasini bir maromda ushlab turish maqsadida uydan chiqmagan holda ertalabki badantarbiya va sport mashgʻulotlarini trenerlar tomonidan berilgan koʻrsatmaga asosan “Biz uyda qolib dunyoni qutqaramiz”, “Koronavirusga qarshi bir safdamiz”, “Virusdan ishonchli himoya menining uyim” kabi shiorlar ostida mashgʻulotlarni uy sharoitida davom ettirishmoqda.

Sport bilan shugʻullanish yoki har kuni juda boʻlmaganda yarim soat jismoniy mashqlarni bajarish va faol boʻlish, turli kasalliklarga nisbatan immunitet hosil qiladi, qon aylanish jarayoni tezlashtiradi, ruhan mustahkamlikka erishishga yordam beradi, tanada ortiqcha yogʻlar hosil boʻlishini oldini oladi. Bu esa hozirgi paytda juda ham muhim. Bizga berilgan ana shu bebaho imkoniyatdan toʻgʻri foydalanaylik. Karantin vaqtida kundalik hayotda ham sogʻligʻingizni asrashni va unga befarq boʻlmaslikni oʻzingiz hal eting va xulosa chiqaring.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169