Oʻzbekistonda sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik jarayonlari vaqtincha toʻxtatildi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda dunyo boʻylab keng tarqalib borayotgan va insoniyat salomatligiga katta xavf tugʻdirayotgan koronavirus pandemiyasi mamlakatimizga ham kirib keldi. Shu munosabat bilan, 2020-yil 16-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha taʼlim va sport muassasalari nomaʼlum muddatga yopildi. Shu bilan birga, mamlakatimiz hududida oʻtkaziladigan barcha sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklari hamda boshqa ichki musobaqalar ham nomaʼlum muddatga qoldirildi.

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi tomonidan Tokio-2020 Olimpiadasini 2021-yilda oʻtkazish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingandan soʻng Olimpiya sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalari aʼzolari uchun tashkil etiladigan barcha oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari rasman 25-martdan vaqtincha toʻxtatildi.

Bungacha mamlakat terma jamoalari aʼzolarining XXXII yozgi Olimpiya hamda XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishlari uchun ularga biriktirilgan sport bazalarida rejalashtirilgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etilgan edi.

Litsenzion musobaqalarning sanalari aniq boʻlgunga qadar milliy terma jamoa aʼzolari oʻz uylarida individual reja asosida mashgʻulotlarni murabbiylar tomonidan ishlab chiqilgan kunlik tayyorgarlik rejalari asosida olib boradilar.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan “Tezkor shtab” Milliy terma jamoa sportchilarining individual reja asosida kunlik mashgʻulot oʻtkazishlarini doimiy tarzda monitoring qilib boradi.

Bundan tashqari Milliy terma jamoa bosh murabbiylari tomonidan masofali mashgʻulotlar onlayn tarzda olib boriladi hamda vaziyatdan kelib chiqqan holda sportchilarni individual holatiga qarab kerakli maslahatlar berib borilishi taʼminlanadi.

Maʼlumot uchun: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Sport” telekanali bilan hamkorlikda karantin davrida sogʻlom turmush tarziga amal qilgan holda sport bilan shugʻullanib turish borasida aholi uchun tavsiya shaklida maxsus teledasturlar tayyorlanib efirga uzatilishi yoʻlga qoʻyildi. Xususan, sport trenerlari ishtirokida uy sharoitida qay tarzda mashgʻulotlar olib borish boʻyicha maslahatlar aks etgan 10 daqiqalik videodarslar “Sport TV” telekanali orqali har kuni namoyish etib borilayapti.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
11.08.2020 | 18:27
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169