Tomas Bax dunyo atletlariga murojaat yoʻlladi

Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax 2020-yilgi Tokio yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya oʻyinlarining bir yilga kechiktirilishi munosabati bilan dunyo sportchilariga murojaat yoʻlladi. Bu haqda Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar qiladi.

“Qadrli atletlar! Avvalo, xushxabarni yetkazmoqchiman. Tokioda oʻtadigan Olimpiya bayramini birgalikda nishonlaydigan boʻldik. Hatto u 2021-yil oʻtsa ham. Ishonchingiz komil boʻlsinki, Sizlarning Olimpiya orzuyingiz, albatta, amalga oshadi”, – dedi Tomas Bax oʻz murojaatida.

Eslatib oʻtamiz, kecha Tomas Baxning Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bilan oʻtkazgan muloqoti chogʻida Tokioda oʻtadigan Olimpiya oʻyinlarini 2021-yilga koʻchirish borasida oʻzaro kelishib olingan edi. Toʻrt yillikning eng nufuzli sport anjumani uzogʻi bilan 2021-yilning yozida oʻtkaziladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.09.2020 | 13:22
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169