Masofaviy taʼlim: bu jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining malakasini oshirishda qanday ahamiyatga ega?

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda zamonaviy taʼlim tizimini shakllantirishga keng eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining Ijtimoiy sohani rivojlantirish nomli toʻrtinchi ustuvor yoʻnalishida taʼlim sifatini yaxshilashga, taʼlim tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish masalalariga keng eʼtibor qaratilgan.

Shu bois, hozirgi kunda sport taʼlim tizimida sezilarli oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Taʼlim olishni takomillashtirishda yangi axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, masofaviy taʼlim shakli shular jumlasidan boʻlib, u mustaqil taʼlim olishning yangi shaklidir.

Masofaviy taʼlim masofadan turib oʻqitish boʻlib, bunda oʻqituvchi va taʼlim oluvchi oʻrtasida masofa mavjud boʻladi. Masofaviy taʼlimda oʻquv jarayonlari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, AQSHda oliy oʻquv yurtlarining yarmidan koʻpi taʼlim jarayonining ajralmas qismi sifatida masofaviy onlayn oʻqitish dasturlarini qoʻllaydi.

Masofaviy taʼlimning oʻziga xos jihati, taʼlim oluvchilarga mustaqil bilim olishga imkoniyat berilishidir. Masofaviy taʼlim jarayonida taʼlim oluvchilar barcha turdagi axborot-kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanadi. Masofaviy taʼlim AQSHda oʻtgan asrning 60-yillari oʻrtalari, Yevropada esa 70-yillardan jadal rivojlana boshlangan.

Hozirgi kunda ixcham va nisbatan arzon boʻlgan notebook, netbook, i-pad, i-phone va smartphone kabi yangi axborot vositalari hayotimizga keng kirib kelmoqda. Shu sababli sport taʼlimida bu vositalardan foydalanishga boʻlgan qiziqish va talab ortib bormoqda. Masofaviy taʼlim esa aynan shu texnologiyalar vositasida amalga oshiriladigan jarayon hisoblanadi.

Masofaviy taʼlimning yana bir afzalligi, unda tinglovchi oʻziga qulay vaqtda bilim olishi mumkin. Aynan shunday afzalliklari tufayli ushbu tizim dunyoda keng ommalashgan. Hozirda ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida masofaviy taʼlim tizimi oʻzining qulayligi sababli butun jahonda rivojlanib, ijobiy samara bermoqda.

Malaka oshirish kurslariga bevosita qatnab oʻqish imkoniyatiga boʻlmaganlar, malakasini oshirishni xohlovchilar, nogironlar va boshqa turli sabablarga koʻra, bevosita markazda oʻqish sharoitiga ega boʻlmagan shaxslarning masofadan turib taʼlim olishga boʻlgan talablari ortib borishi tabiiydir. Masofaviy taʼlimning anʼanaviy usullaridan foydalanish, imkoniyatlari tibbiy shart-sharoitlar tufayli chegaralangan shaxslar uchun ham qulay sharoitni yaratib beradi.

Masofaviy taʼlimning tarkibiy belgilari:

– oʻqituvchi;

– tinglovchi;

– masofaviy malaka oshirish platformasi.

Masofaviy taʼlim uslubiy materiallari quyidagilar hisoblanadi:

– darslik, oʻquv, uslubiy qoʻllanma va oʻquv-uslubiy majmualar;

– audio va video darsliklar;

– onlayn darslar (Internet sahifa);

– elektron kutubxona;

– testlar;

– multimedia elektron darsliklar.

Jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislari uchun masofali taʼlim tizimi shakli joriy etilsa:

– tinglovchilarning ixtiyoriy vaqtda mustaqil oʻqishi taʼminlanadi;

– jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga bilim olishi uchun sharoit yaratiladi;

– talabgorlarning koʻp qismini trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishiga imkoniyat yaratiladi.

– trenerlik faoliyatiga bogʻliq sohalar boʻyicha (sport psixologiyasi, diyetologiya, farmakologiya, tibbiyot) bilimlarini oshirishga qoʻshimcha qulaylik yaratiladi.

Tabiiyki, taʼlim birinchi oʻrinda didaktik va bilish maqsadlaridan kelib chiqadi. Ikkinchidan, taʼlim oluvchilarning xususiyatlari inobatga olinishi darkor. Har qanday masofaviy oʻqitishning samaradorligi toʻrtta elementdan iborat:

a) oʻqituvchi va tinglovchi oʻzaro hamkorligining samarali boʻlishi (ular bir-birlaridan boshqa joylarda joylashgan boʻlsalar ham);

b) qoʻllaniladigan pedagogik texnologiyalarning zamonaviyligi;

v) uslubiy materiallar va ularni yetkazish vositalarini samarali tashkil etilganligi;

g) teskari aloqaning samaradorligi.

Bu kabi jihatlarning tatbiq etilishi malaka oshirish tizimida yoʻlga qoʻyilayotgan masofaviy taʼlimning samaradorligi oshishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda masofaviy taʼlimni tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy jarayonlar asnosida jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarining malakasini oshirishda ham masofaviy taʼlimni tashkil etish va takomillashtirishni besh bosqichda olib borish rejalashtirilgan:

Birinchi bosqichda malaka oshirish markazi professor-oʻqituvchilari va xodimlari tomonidan yaratilgan elektron oʻquv resurslarni takomillashtirish uchun AKT mutaxassislari tomonidan oʻquv kurslari orqali tajribalarini oshirish.

Ikkinchi bosqich. Hozirda yaratilgan elektron oʻquv resurslarining tarkibi quyidagicha boʻlishi rejalashtirilmoqda. Unga koʻra, modullar boʻyicha audio va videomaʼruza, mustaqil oʻrganish uchun nazariy maʼlumotlar, glossariy va bilimlarni nazorat qiladigan test savollari.

Uchinchi bosqichda elektron oʻquv resurslari ilmiy-metodik kengash tomonidan tasdiqlangach, resurslar professor-oʻqituvchilar tomonidan masofaviy malaka oshirish platformasiga joylanadi.

Toʻrtinchi bosqichda professor-oʻqituvchilar elektron taʼlim tizimini ishlatish boʻyicha masofaviy tarzda bosqichma-bosqich tajribalarini oshirib borishi taʼminlanadi.

Beshinchi bosqichda jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tinglovchilari, jismoniy tarbiya va sport klublari, davlat hamda nodavlat boshqa sport tashkilotlarida faoliyat yurituvchi trenerlarni oʻqitishda masofaviy taʼlim tizimidan foydalaniladi.

Demak, mamlakatimizda taʼlimning yangi bosqichiga oʻtilayotgan hozirgi kunda masofaviy taʼlimning samaradorligini oshirish omillari va imkoniyatlari aniqlanib, ular jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish tizimida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilinsa, masofaviy taʼlim tizimini muvaffaqiyatli tashkil etilishi taʼminlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169