Tugʻilgan kun muborak!

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Navroʻz Musurmonovich Shoymardonov 29 yoshga toʻldi.

Navroʻz Shoymardonov – 1991-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tugʻilgan. 2011-2015-yillar Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2015-yilda mazkur oliy oʻquv yurtining Ilmiy-tadqiqot boʻlimi texnigi sifatida boshlagan Navroʻz 2016-2017-yillarda Toshkent shahar hokimligi Kompyuterlashtirish markazi axborot xavfsizligi boʻyicha bosh mutaxassisi, 2017-yildan Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Axborot taxlil va AKT boshqarmasi bosh mutaxassisi, 2018-yildan hozirga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Navroʻz Shoymardonovni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etgan holda oilaviy baxt va kelgusi faoliyatida hamisha omad yor boʻlishini tilab qoladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169