Gigiyenik talablar va sogʻlom turmush tarziga amal qilinsa, koronavirus bizga xavf tugʻdirmaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni mahalla va oila masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida butun dunyo hamjamiyatini tahlikaga solayotgan koronavirus muammosiga alohida toʻxtalib oʻtdilar.

Sir emaski, hozirda ushbu xavfli infeksiya jahonning 180ga yaqin mamlakatiga kirib bordi. Afsuski, yuqumli epidemiya yurtimizni ham chetlab oʻtmadi.

Yaxshiyamki vaziyat oldindan toʻgʻri baholanib, Prezidentimiz topshirigʻiga muvofiq Respublika maxsus komissiyasi tuzildi va zarur ehtiyot choralari koʻrildi. Natijada Oʻzbekistonga koronavirusning ommaviy tarzda kirib kelishi va keng tarqalishining oldi olindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ham tegishli tashkilotlar bilan birgalikda mavjud vaziyatni toʻgʻri baholagan holda hali yurtimizda ushbu yuqumli kasallik alomatlari aniqlanmasdan turib ehtiyot choralarini koʻrib qoʻydi. Shu maqsadda koronavirus aniqlangan davlatlarda tashkil etilayotgan koʻplab litsenzion musobaqalar, xalqaro turnirlar, hattoki oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari ham bekor qilindi.

Xorijiy davlatlarda tashkil etilgan musobaqalardan qaytib kelgan sportchilar, trenerlar, qoʻyingki mamlakatimiz sport delegatsiyasining barcha aʼzolari tibbiy tekshiruvdan oʻtkazildi. Hozirda barcha sport musobaqalari toʻxtatilgan boʻlsa-da, Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan sportchilar belgilangan dastur asosida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazilmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad – avvalo mamlakatimiz sportchilarining jismoniy holati va salomatligini koʻzdan kechirish boʻlsa, ikkinchidan, ularning koronavirus epidemiyasini yuqtirib olishdan saqlashdir.

Dunyo miqyosida koronavirus ommalasha boshlagach, dastlab Oʻzbekistonda oʻtkazilishi belgilangan xalqaro sport musobaqalari bekor qilindi. Soʻngra barcha sport turlari boʻyicha ichki musobaqalarni ham toʻxtatdik. Shu bilan birga sport taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalar taʼtilga chiqarilib, barcha sport tashkilotlarida koronavirus epidemiyasiga qarshi dizenfiksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Xulosa qiladigan boʻlsak, bugun mamlakatimiz sport jamoatchiligi ham xalqimiz bilan bir tanu bir jon boʻlgan holda koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashda faol qatnashmoqda. Eng asosiysi, vahimaga yoʻl bermasdan, eng avvalo gigiyenik talablarga, qolaversa sogʻlom turmush tarziga jiddiy amal qilinsa, oʻylaymanki koronavirus balosi mamlakatimizga xavf sololmaydi.

Dilmurod Nabiyev,
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya
va sport vaziri

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169