Barcha sport taʼlim muassasalari nomuayyan muddatga yopildi, Oʻzbekiston chempionatlari qoldirildi

2020-yil 16-martdan sanasidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha taʼlim muassasalari nomaʼlum muddatga yopildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrugʻi bilan vazirlik tizimida faoliyat koʻrsatayotgan barcha taʼlim muassasalari, jumladan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Respublika Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab internatlar, IBOʻSMlar, BOʻSMlaridagi pullik va bepul toʻgaraklar, shuningdek, yopiq suzish havzalaridagi barcha toʻgaraklar nomuayyan muddatga taʼtilga chiqarilganini maʼlum qilamiz.

Shu bilan birga mamlakatimiz hududida oʻtkaziladigan barcha sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklari hamda boshqa ichki musobaqalar ham nomaʼlum muddatga qoldiriladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169