Ravshan Ermatovning UEFA vakili bilan uchrashuvi qanday samara beradi?

Bugungi kunda futbolimizni yangi bosqichga olib chiqish borasida koʻplab ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda 9-13-mart kunlari UEFA delegatsiyasi yurtimizga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida delegatsiya vakillari OʻFA va PFL faoliyati bilan yaqindan tanishib, bolalar futboli, assotsasiya strukturasi, futboldagi marketing xalqaro aloqalar boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi. 

Kuni kecha “Hilton” mehmonxonasida tashrif yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari va OʻFA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, UEFA xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Yeva Paske jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

“Bizning shiorimiz: “Siz harakat qilsangiz, UEFA ham sizga yordam beradi”. Biz Tanzaniya va Karib Orollari kabi futboli rivojlanmagan mamlakatlarga yaqindan yordam berganmiz. Boshqa davlatlar futbolga u qadar eʼtibor berishmaydi, hukumatingizning futbolga qaratayotgan eʼtibori bizni mamnun qildi, biz Oʻzbekiston futboli bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyormiz“,- dedi Yeva Paske. Bundan tashqari Yeva xonim UEFA Oʻzbekiston milliy jamoalariga Yevropa jamoalari bilan oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkazishga yordamlashishini ham aytib oʻtdi.

Ravshan Ermatov futbolimizdagi kamchiliklarga quyidagicha toʻxtalib oʻtar ekan, bizning birinchi galdagi vazifamiz bolalar va ayollar futbolini yangi bosqichga olib chiqish. Kamchiliklarni bartaraf etar ekanmiz 3 muhim narsaga eʼtiborimizni qaratishimiz lozim:

1. futbol maydonlarining infratuzilmasini yaxshilash;

2. Bolalar futbolini sifatli toʻplar bilan taʼminlash;

3. Murabbiylar oʻqitish tizimini yangilash.

Shuningdek, translyatsiyalar sifatini yaxshilash, stadionlarga muxlislar tashrifini oshirish asosiy masalalardan biri. Futbolning 99%ni muxlislar tashkil etadi, muxlislarsiz bizning qilayotgan har bir harakatimiz bekor, biz muxlislar uchun ishlaymiz. 2021-yilda translyatsiyalarni HD formatga oʻtkazish, Oʻzbekistonga VAR tizimini olib kelishni rejalashtirganmiz” – dedi OʻFA vitse-prezidenti.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169