Ammanni zabt etishda davom etamiz: 5-yoʻllanma muborak!

Iordaniya poytaxti Amman shahrida oʻtkazilayotgan boks boʻyicha litsenzion turnirning chorak final bahslari vakillarimiz uchun omadli davom etmoqda.

Bugungi bahslarni hamyurtlarimizdan boshlab bergan Olimpiya va Jahon chempioni Shahobiddin Zoirov hal qiluvchi bahsda eronlik raqibi Omid Ahmadisafa ustidan gʻalaba qozonib, bokschilarimizning toʻrtinchi yoʻllanmasini yurtimizga taqdim etgan etdi.

Biroz oldin oʻz yakuniga yetgan -63 kg vazn toifasidagi yarim final uchun kechgan uch raundli keskin bahsda iqtidorli bokschimiz Elnur Abduraimov avstraliyalik 23 yoshli raqibi Xarrison Garseydni taslim eta oldi va navbatdagi yoʻllanmani terma jamoamiz hisobiga yozib qoʻydi.

Endi esa bugungi turnirning kechki dasturlarda soat 20:00 dan boshlab chorak final bahslari davom ettiriladi. Unga koʻra hamyurtlarimiz:

-51 kg: Tursunoy Rahimova - Siao-Ven Xuang (Xitoy Taypeyi);
-60 kg: Rayhona Qodirova - Sudaporn Sisondi (Tailand);
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Sing Yu So (Gonkong) qarshi jang olib boradi.

Shuningdek, kecha chorak final bahsida qozogʻistonlik raqibiga imkoniyatni boy berib qoʻygan Fanat Qahramonov -75 kg vaznda eronlik Seyedshahin Musaviga qarshi oʻtish bahsida ishtirok etadi. Fanat Olimpiya oʻyinlariga chiqish uchun ikkita jangda gʻolib boʻlishi kerak.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169