Xalqaro sport tadbirlari yurtimizda vaqtinchalik cheklanadi

Ilk bor Xitoyda aniqlanib, soʻngra dunyoning koʻplab davlatlariga kirib borgan COVID-19 koronavirusi bugun butun dunyoni tahlikaga solib turibdi. Shukrki yurtimizda bu yuqumli va oʻta xavfli epidemiya alomatlari aniqlanganicha yoʻq. Biroq, xotirjam boʻlish aslo yaramaydi, chunki koronavirus ayni paytda sayyoramizning 70dan ortiq davlatiga kirib bordi.

Mavjud vaziyatni inobatga olgan holda, qolaversa hukumatimiz tomonidan berilgan koʻrsatma va tavsiyalar ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligining buyrugʻi qabul qilindi.

Unga koʻra, Respublika hududida oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha toʻxtatildi. Bundan koʻzlangan maqsad — koronavirus epidemiyasini yurtimiz hududiga kirib kelishining oldini olish boʻlib, buyruq bilan xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston milliy terma jamoa aʼzolarining ishtiroki hamda tizim xodimlarining xorijiy xizmat safarlari vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilab qoʻyildi.

Shuningdek, sport turlari boʻyicha respublika sport musobaqalari (chempionat va kuboklar) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, hududiy sport musobaqalarini esa hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari bilan kelishgan holda oʻtkazish vazifasi yuklatildi.

Bundan tashqari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi respublika tashkilotlari va jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan targʻibot materiallarini chop etish va ularni eʼtibor qaratiladigan joylarga ilinishini taʼminlash orqali xalqimizning tibbiy madaniyatini yuksaltirish ham koʻzda tutilgan.

Xullas, barchamiz bir tan-u bir jon boʻlib harakat qilsak, COVID-19 koronavirusining yurtimizga kirib kelishining oldi olinadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169