Samarqandda badiiy gimnastika boʻyicha iqtidorlar saralandi

Joriy yilning 4-6-mart kunlari Samarqand shahrida badiiy gimnastika boʻyicha viloyat ochiq chempionati boʻlib oʻtdi. Musobaqa 2-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabida oʻtkazildi.

Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Samarqand viloyati boʻlimi tashabbusi bilan, viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat gimnastika federatsiyasi hamkorligida oʻtkazilgan musobaqada viloyatning barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchi-qizlari va boshqa viloyatlardan sportchilar ishtirok etishdi.

Viloyat ochiq chempionatida Navoiy, Toshkent va Samarqand shaharlaridan 120 nafardan ziyod oʻquvchi qizlar musobaqada gʻoliblik uchun bellashdilar.

Qiziqarli va shiddatli kechgan musobaqa yakunida 2012-yilda tugʻilgan qiz bolalar oʻrtasida Fayzullayeva Azaliya, 2011-yilda tugʻilgan qiz bolalar oʻrtasida Li Kira, 2010-yilda tugʻilgan qiz bolalar oʻrtasida Rashidova Amira, 2009-yilda tugʻilgan qiz bolalar oʻrtasida Maxmudjonova Munisa, 2008-yilda tugʻilgan qiz bolalar oʻrtasida Mamedova Amaliya, 2007-yilda tugʻilgan qiz bolalar oʻrtasida Savadyan Vilana gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169