Fargʻona viloyatida badiiy gimnastika boʻyicha eng yaxshilar saralandi

Fargʻona viloyatidagi qiz bolalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yoshlar, aholi oʻrtasida sportning ommaviylashtirish, olimpiya turlarini rivojlantirish, oʻquvchi-yoshlarni, keng aholini jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlariga doimiy ravishda jalb etish, shuningdek, yuqori toifali sportchilarni tanlab olish maqsadida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar” bayramiga bagʻishlangan “Nafosat goʻzali” shiori ostida sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha 2008-2012-yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasida viloyat birinchiligi musobaqasi oʻtkazildi.

Mazkur musobaqa viloyat gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport zalida boʻlib oʻtdi.

“Nafosat goʻzali” shiori ostida sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha 2008-2012-yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan viloyat birinchiligiga jami 120 dan ortiq sportchi qizlar ishtirok etdi.

Musobaqada faxrli oʻrinlarni egallagan sportchi qizlar Fargʻona viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining diplomi hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169