“Universiada-2020”: Voleybol boʻyicha yakuniy musobaqa gʻolibligi mezbonlarga nasib etdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 1-4-mart kunlari oliy taʼlim muassasalari talaba-qizlari oʻrtasida “kichik olimpiada” maqomini olgan “Universiada-2020” sport musobaqalarining voleybol boʻyicha final bosqichi Nukus shahrida boʻlib oʻtdi.

Musobaqada mintaqaviy bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 4 ta jamoa – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Jizzax viloyatlari terma jamoalari ishtirok etdi.

Bir necha kun davom etgan musobaqa murosasiz ruhda davom etdi.

Musobaqa davomida dastlab samarqandlik, soʻngra namanganlik qizlarni toʻliq ustunlik bilan magʻlubiyatga uchratgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi terma jamoasi yakuniy oʻyinni Jizzax viloyati jamoasi bilan oʻtkazdi.

Oʻzaro oʻyin davomida jizzaxlik sportchilardan 25:20, 25:10 va 25:14 hisobida ustun kelgan qoraqalpogʻistonlik qizlar musobaqa yakunida 1-oʻrinni egalladi. Namangan viloyati 2-oʻrin, 3-oʻrin esa jizzaxlik yoshlarga nasib qildi.

Maʼlumot uchun, Qoraqalpogʻiston terma jamoasi tarkibi Nukus davlat pedagogika institutining talaba-qizlaridan iborat boʻldi.

Sportchilarni musobaqaga Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy, Oʻzbekiston sport faxriysi, sport ustasi Azat Kazakov tayyorladi.

Voleybol boʻyicha “Universiada-2020” sport musobaqalarida 1-oʻrinni egallagan Qoraqalpogʻiston Respublikasi terma jamoasi 2021-yil boʻlib oʻtadigan jahon “Universiada” oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasi voleybol boʻyicha qizlar terma jamoasi soʻnggi marta 2007-yil oʻtkazilgan “Universiada” sport musobaqalarida oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.12.2020 | 20:42
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169