Futbol yulduzlari qadrdon maskanda yoshlarga master-klass oʻtishdi

Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport oʻyinlari fakulteti “Futbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi bilan hamkorlikda 2019-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni va unda belgilab berilgan maqsad-vazifalarning ijrosiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

Unda oʻzbek futboli ravnaqiga oʻzlarining munosib ulushini qoʻshgan va hozirda ham qoʻshib kelayotgan futbolchi va trenerlar ishtirok etishdi. Seminarda mamlakatimizning XX asrdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri, ayni paytda Olmaliqning AGMK jamoasida bosh murabbiy lavozimida faoliyat olib borayotgan Mirjalol Qosimov yoshlar bilan oʻz hayotiy tajribalarini oʻrtoqlashdi. Shuningdek, futbolimiz afsonasidan RIOZMIning umidli yoshlariga sovgʻalar taqdim etildi.

Seminar davomida katta futbolga aynan shu maskan orqali kirib kelishgan taniqli futbolchilar, jumladan Ruslan Melziddinov, Aziz Ibragimov, Javohir Siddiqov, Akrom Komilov, Anvar Gʻofurov, Shavkat Salomov kabi charm toʻp ustalari yoshlarga master-klass oʻtishdi. Qolaversa, ular RIOZMI tarbiyalanuvchilariga kerakli maslahatlar berib, oʻz bilim va tajribalarini oʻrtoqlashdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
10.07.2020 | 16:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169