Badiiy gimnastikachilarimiz xalqaro turnirdan medallar shodasi bilan qaytdi

Estoniyaning Tartu universiteti sport bazasida badiiy gimnastika boʻyicha “Miss Valentine” Gran-pri musobaqasi oʻtkazildi.

Ushbu turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi qizlari – Nilufar Shomurodova, Dinara Ravshanbekova, Kamola Ernazarova, Kseniya Aleksandrova, Sevara Safoyeva va Sofiyabonu Qosimovalar trener Yekaterina Pirojkova rahbarligida ishtirok etib, guruh mashqlarining uch yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Dastlab, vakilalarimiz koʻpkurash yoʻnalishida barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda musobaqaning eng yuqori pogʻonasini zabt etishdi.

Koʻpkurash yoʻnalishida:

1. Oʻzbekiston – 58,600
2. Rossiya – 58,350
3. Turkiya – 54,050.

Gimnastikachi qizlarimiz 5 ta toʻp bilan jamoaviy mashqlar yoʻnalishida rossiyaliklardan keyin ikkinchi boʻlishdi.

5 ta toʻp bilan jamoaviy mashqlar yoʻnalishida:

1. Rossiya – 30,250
2. Oʻzbekiston – 29,300
3. Turkiya – 28,350.

Terma jamoamiz aʼzolari keyingi yoʻnalish – 3 halqa bilan juftlikda ishlash boʻyicha oʻtkazilgan bahslarda ham ikkinchi natijani qayd etishdi:

1. Rossiya – 30,150
2. Oʻzbekiston – 29,300
3. Kanada – 27,200.

Maʼlumot uchun, Estoniyada oʻtkazilgan ushbu turnir birinchi bor oliy toifali musobaqa sifatida tashkil etilib, unda dunyoning eng yetakchi gimnastikachilari ishtirok etishdi. Ular orasida Olimpiada sovrindorlari va bir qator xalqaro musobaqalarning koʻpkarra gʻoliblari ham bor edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.09.2020 | 13:22
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169