“Navbahor” jamoasi muxlislarining videomurojaati yuzasidan rasmiy bayonot

Shu kunlarda Namanganning “Navbahor” jamoasi muxlislarining “Hakamlar “Paxtakor” va “Navbahor” oʻrtasidagi har bir oʻyinda doim “Paxtakor” foydasiga yon bosadi. Aqlga sigʻmaydigan xatolar qilib, “Paxtakor”ga gʻalabani taqdim qilib berishadi”, degan mazmunda prezidentga yoʻllagan videomurojaati bir qator ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilindi.

Ushbu holat yuzasidan kecha, 2-mart kuni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining hakamlik qoʻmitasida yigʻilish oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston Superligasining 1-turidan oʻrin olgan “Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvi hakamligi ham koʻrib chiqildi. Uchrashuv bosh hakami Ilgiz Tantashevning ushbu uchrashuvdagi faoliyati OʻFA hakamlar qoʻmitasi mutaxassislari tomonidan atroflicha oʻrganildi. Buning natijasida bosh hakam tomonidan oʻyin tizgini qoʻldan chiqarilgani va intizomiy qarorlaridagi xatolari sababli 1 oy muddatga Superliga oʻyinlaridan chetlatilib, quyi ligaga tushirildi.

Maʼlumot uchun, ushbu hakam “Paxtakor” – “Navbahor” (2:1) oʻyinida har ikki jamoadan bir futbolchini chetlatgan va uchrashuvdagi hakamlik mehmon klubning shikoyatiga sabab boʻlgandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
10.07.2020 | 16:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169