“Universiada-2020”: Samarqand mezbonlik qilgan navbatdagi musobaqa yakunlandi

Samarqand shahrida gandbol boʻyicha ayollar oʻrtasida “Universiada-2020” sport oʻyinlarining final bahslari oʻz yakuniga yetdi.

Avval xabar berganimizdek, Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyi sport zalida oʻtkazilgan musobaqaning ushbu bosqichida 14 ta hududdan saralab olingan 4 ta jamoa – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona viloyati, Toshkent viloyati va Samarqand viloyati jamoalari gʻoliblik uchun kurash olib bordi.

Musobaqa davomida barcha raqiblarini magʻlub eta olgan Toshkent viloyati gandbolchi qizlari birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Turnirning ikkinchi pogʻonasi mezbon – Samarqand viloyati jamoasiga nasib etgan boʻlsa, uchinchi oʻrinni fargʻonalik gandbolchi qizlar egallashdi.

Kecha musobaqaning tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanishdi.

Maʼlumot uchun, ushbu “kichik olimpiada”ning erkaklar oʻrtasidagi bahslarida ham Toshkent viloyati gandbolchilari gʻoliblikni qoʻlga kiritgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.12.2020 | 20:42
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169