Tokyo 2020 mobil ilovasi orqali sportchilar vazir bilan 24/7 rejimida onlayn aloqada boʻlishadi

Bugun texnika asrida yashayapmiz. Endi hayotimizni kompyuter yoki internet tarmogʻisiz tasavvur qilish amri mahol. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish borasida yana bir muhim qadamni tashladi.

Taʼkidlash joiz, Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari boshlanishiga ham oz fursat qolgan bir pallada har bir kun, soat va hatto daqiqaning ham qadri juda baland. Buni toʻgʻri anglagan holda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Tokyo 2020 mobil ilovasi yaratildi va ishga tushirildi.

Ushbu mobil ilovani yaratishdan koʻzlangan maqsad – sportchi, trener va vazir oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn muloqotni yoʻlga qoʻyish hamda mavjud muammo va kamchiliklarni oʻz vaqtida, tezkorlik bilan hal qilishdan iborat.

Tokyo 2020 mobil ilovasiga dastlabki bosqichda Tokio-2020 olimpiada oʻyinlariga litsenziyalarni qoʻlga kiritgan hamda olimpiada yoʻllanmalarini qoʻlga kiritish imkoniyati yuqori boʻlgan sportchilar va ularning trenerlari ulanishlari mumkin. Ular 24/7 rejimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Hamidullayevich Nabiyev hamda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Mavzurovich Shoabduraxmonovga oʻzlarini qiynayotgan savol, muammo yoki takliflar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Yana bir jihatga eʼtibor qaratish kerak, u yoki bu sportchi tomonidan yoʻllangan savol, taklif, murojaat yoki shikoyatni bir vaqtda oʻsha sportchining oʻzi bilan birga Jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda MOQ prezidenti, yaʼni faqat uch kishigina koʻrishi mumkin. Mobil ilovani yuklab olgan va ulangan boshqa sportchi, trener yoki sport federatsiyasining rahbari oʻzga shaxsning shikoyatini koʻrolmaydi. Mobil ilovada axborotning toʻla maxfiyligi taʼminlangan boʻlib, bu korrupsion holatlarning oldini olishda ham muhim oʻrin tutadi.

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida mazkur mobil ilovaning taqdimot marosimi oʻtkazildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, vazirning birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabduraxmonov, vazirlik hamda MOQ mutasaddilari, sport federatsiyalarining rahbarlari va terma jamoalarning bosh murabbiylari ishtirok etishdi.

Marosimda mazkur mobil ilovaning bugungi kunda qanchalik dolzarb ekanligi alohida taʼkidlanib, bu bilan sportchilarimiz istalgan vaqt va sharoitda toʻgʻridan-toʻgʻri Jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda MOQ prezidentiga murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻldi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot kotibi

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.08.2020 | 12:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169