Qilichbozlarimiz Jazoirda kumush medallarni qoʼlga kiritdi 

Joriy yilning 15-17 fevral kunlari Jazoir davlatida qilichbozlik boʼyicha 20 yoshgacha boʼlgan sportchilar oʼrtasida jahon kubogi bahslari oʼtkazildi.

Mazkur musobaqa doirasida qizlar oʼrtasida sablya yoʼnalishidagi jamoaviy bahslarda qatnashayotgan qilichbozlik boʼyicha Oʼzbekiston terma jamoasi aʼzolari musobaqa doirasida kuchli jamoalardan boʼlgan Italiya, Belgiya, Ukraina jamoalarini ortda qoldira oldi.

Taʼkidlash joizki, qilichboz qizlarimiz Misr terma jamoasini 45:32, va Italiya terma jamoasi qilichbozlarini 45:43 hisobida magʼlub etgan holda finalga yoʼl olishdi.

Finalda esa, afsuski, qizlarimiz Frantsiya terma jamoasi vakillariga 40:45 hisobida imkoniyatni boy berib qoʼydi. Shu tariqa Oʼzbekiston terma jamoasi aʼzolari Jaxon Kubogida shoxsupaning ikkinchi pogʼonasiga koʼtarilib, kumush medalni qoʼlga kiritishdi.

Qayd etish lozimki, musobaqa davomida terma jamoamiz sharafini Zaynab Dayibekova, Sevinch Ismoilova, Аysulu Usnatdinova, Gulbonu Yesemuratovalar himoya qildi.

Аhamiyatli jixati shundaki, qilichbozlikning sablya yoʼnalishidagi Oʼzbekiston terma jamoasi aʼzolari oʼz reytinglari boʼyicha jahonning eng kuchli oʼsmir-qizlar jamoalarining 10 talik guruhi tarkibidan joy olishdi.

Qilichboz qizlarimiz Аfrikadagi Jahon kubogida kumush medalga ega chiqishdi 

Eʼtirof etish kerakki, xaqaro toifadagi hakam – hamyurtimiz Ortiq Boʼriev ham mazkur Jahon Kubogi musobaqalarida hakam sifatida ishtirok etmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169